USAY, Xussey (Houssay) Bernardo Alberto (1887.10.4, BuenosAyres — 1971.21.9) — argentinalik fiziolog. Argentina biol. jamiyatining prezidenta. BuenosAyres un-tini tugatgan, shu joyda prof. (1910-y. dan; tibbiyot dri, 1911). BuenosAyresda biol. va eksperimental tibbiyot in-tiga asos solgan va direktori boʻlgan (1943—55). Ilmiy faoliyati fiziologiya va endokrinologiyaga oid. Qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonlarining uglevodlar almashinuvidagi ahamiyatini, shuningdek, qandli diabet kasalligida uglevodlar almashinuvi izdan chiqishini aniklagan. AQSH Milliy FAning xorijiy aʼzosi, London Qirollik jamiyati va b. FA hamda jamiyatlar aʼzosi. Nobel mukofoti laureati (1947).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые