Urug‘lanish jarayoni.

Urug‘lanish jarayoni.

Ayolda ovulyasiya sodir bo’lib, homiladorlik yuzaga kelgunga qadar bo’lgan davrda ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashib bachadonga joylashadi. Shu davr o’rtacha 1-2 hafta davom etadi va urug’lanish deb ataladi. Shundan so’ng navbatdagi hayz sikli boshlanmaydi va homiladorlik aniqlanadi.

1. Ayol tuxumdonidan tuxum ajralib ovulyasiya yuz beradi. Tuxum bachadon tomon harakatlanadi, uning o’rnida sariq tanacha hosil bo’ladi. Ushbu sariq tanacha urug’langan tuxum bachadonga joylashishi uchun va homiladorlik boshlanishi va normal davom etishi uchun kerakli gormon ishlab chiqaradi. Agar tuxum urug’lanmay nobud bo’lsa, sariq tanacha ham nobud bo’ladi.

2. Ovulyasiya sodir bo’lgan kun atrofida erkak va ayol jinsiy aloqada bo’lsalar, erkak spermatozoidi bilan ayolning urug’lanish uchun tayyor tuxumi bachadon bo’ynida uchrashadi.

3. Spermotozoidlarning biri tuxum tashqi qoplamini buzib, uning ichiga kirib olsa, tuxum urug’lanadi. Aynan shu zahoti bo’lajak homilaning jinsi aniq bo’ladi. Ya’ni kirib olgan spermotozoid Y xromosomalik bo’lsa, o’g’il bo’ladi, X xromosomalik bo’lsa, qiz tug’iladi.

4. Urug’langan tuxum kimyoviy tarkibi o’zgaradi, natijada boshqa spermatozoid unga endi kira olmaydi.

5. Urug’langan tuxum 24 soat ichida bir necha xujayralarga bo’linishni boshlaydi.

6. Bo’linib borayotgan urug’langan tuxum bachadon tomon harakatlanadi.

7. Urug’langan tuxum bachadonga joylashadi. Bu jarayon implantasiya deb ataladi. Ba’zi ayollar aynan shu kunda qindan oz miqdorda qon kelishini kuzatadilar.

8. Bachadon devorlari qalinlashadi.

9. Ilk 3 hafta davomida urug’langan tuxum jaddal tarzda bo’linishda davom etadi va homilaning ilk asab xujayralari shakllanadi.

10. Homiladorlik gormoni hisoblanmish HCG gormoni oshib boradi. Aynan shu gormonni siydikda mavjudligini homiladorlik testi aniqlaydi va homiladorlik yuz berganligini ko’rsatib beradi.

@andrology_uz 🚑

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x