URUGʻKURTAK

URUGʻKURTAK (ovulum) , urugʻmurtak — yuksak oʻsimliklar urugʻchi gulida, odatda, urugʻlanishdan soʻng tuguncha ichida hosil boʻladigan boʻrtma. U. meva barg — platsenta, urugʻpoyadagi maxsus oʻsimtada bitta yoki bir nechtadan joylashgan; sharsimon yoki tuxumsimon shaklda boʻladi. Urugʻkurtakning markaziy qismi bir qavat yoki bir necha qavat qobiqqa oʻralgan yadro (nutsellus)dan iborat. Bu qobikdar oʻsib, bitta umumiy qobiqqa aylanishi mumkin. Urugʻkurtakning mikropilyar va xalazal qismlari boʻladi. Mikropilyar qism Urugʻkurtakning uchidagi qobiqlar tutashib ketmasdan chang naylari oʻtadigan urugʻ yoʻli yoki chang yoʻli (mikropile) hosil qiladi. Tuxumhujayra urugʻlangandan keyin Urugʻkurtakdan urugʻ hosil boʻladi. Oʻsimliklarning tarixiy rivojlanishi jarayonida Urugʻkurtak dastlab urugʻli qirqquloqlarda paydo boʻlgan. Yopiqurugʻlilar urugʻkurtagi eng yuksak darajada tuzilgan boʻlib, tuguncha ichida joylashgan; tashqi noqulay sharoitdan himoyalangan. Tuxumhujayra urugʻlangandan keyin qobiklari urugʻ poʻstlogʻiga aylanadi. Tugunchada bittadan bir necha mingtagacha Urugʻkurtak hosil boʻladi. Urugʻkurtak platsentaga nisbatan toʻgʻri (atrop), teskari (anatrop), egik (kompilatrop) boʻladi. Ularning oʻtkinchi shakllari ham bor. U tugunchada har xil holatda (markaziy qismida, tuguncha devorida va tubida) joylashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x