URUGʻCHILIK XOʻJALIGI

URUGʻCHILIK XOʻJALIGI — rayonlashtirilgan ekinlarning yuqori sifatli navdor urugʻlarini yetishtiradigan va viloyatlar yoki zonalar xoʻjaliklarini urugʻlik bilan taʼminlaydigan maxsus xoʻjaliklar va i. t. muassasalarining tajriba xoʻjaliklari. Yangi nav urugʻini dastlabki koʻraytirish elita xoʻjaliklari va r-nlashtirilgan navlar urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarga boʻlinadi. Urugʻchilik xoʻjaligi navli urugʻlarni i. t. intlaridan olingan elita yoki superelita urugʻlardan koʻpaytiradi va xoʻjaliklarga I va keyingi reproduksiya urugʻlari yetkazib beradi. Mas, Oʻzbekistonda paxtachilik sohasida 80 ga yaqin, shu jumladan, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i. t. intida yaratilgan navlar boʻyicha 41 ta elita xoʻjaliklarida 1 va keyingi reproduksiyali urugʻlar koʻpaytiriladi (2001). Har bir elita Urugʻchilik xoʻjaligi 40—50 ming ga, yirik xoʻjaliklar esa 100—200 ming ga paxta maydonini 1 reproduksiyali urugʻlar bilan taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x