URGʻU

URGʻU — turli fonetik vositalar (mas, nafas chiqarishning kuchi, ovozni kuchaytirish, bugin tarkibidagi unlining choʻziq talaffuzi, ton balandligini oʻzgartirish) orqali boʻgʻin yoki soʻzni ajratish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz. Ajratish obyektiga koʻra, Urgʻuning 2 turi farqlanadi: soʻz U. si (lugʻaviy Urgʻu) va fraza Urgʻusi (mantiqiy Urgʻu). Ikki va undan ortiq boʻgʻinli suzlarda shu bugʻinlardan birini ajratib, kuchli talaffuz etilishi suz Urgʻusi deyiladi. Suz Urgʻusi, oʻz navbatida, soʻzning qaysi boʻgʻinga tushishi, qaysi boʻgʻinga birkitilganligiga koʻra 2 ga boʻlinadi: bogʻliq Urgʻu va koʻchma (erkin) U. Bogʻliq Urgʻu suzda bugʻinlar soni oʻzgarishi (ortishi)ga qaramay, oʻrni oʻzgarmaydigan Urgʻu dir (mas, rus tilida). Kuchma Urgʻu affiksatsiya jarayonida soʻzda boʻgʻinlar soni orta borishi bilan oʻrnini oʻzgartira boradigan, yaʼni oxirgi boʻgʻinga siljib boradigan Urgʻu dir. Mac, oʻzbek tilida suz Urgʻusi shunday: uqyt — oʻqitoʻv — oʻqituvchy — oʻqituvchilik. Ayrim holatlarda soʻz Urgʻusi maʼno farklash vazifasini ham bajaradi: blma (feʼl) — blma (ot: meva); kyosma (feʼl) — (kyosmaot) yoki soʻz shaklini farqlaydi: ishchimyz (bizning ishchi) — ishchymiz (biz — ishchi), otyngyz (sizning otingiz) — otyngiz (miltiqni oting) kabi.

Soʻz oxiridagi baʼzi qoʻshimchalar, yuklamalar Urgʻu olmaydi, ularda Urgʻu oldingi boʻgʻinda qolaveradi. Albatta, umuman, baʼzan, doimo, hamisha, Kobil, Halima kabi oʻzlashma soʻzlarda Urgʻu soʻnggi boʻgʻinda emas, undan oldingi boʻgʻinlarda ham keladi. Koʻp boʻgʻinli soʻzlarda, bosh urgʻudan tashqari, ikkinchi darajali urgʻu ham boʻladi.

Fraza Urgʻusi (mantiqiy Urgʻu) sintaktik tuzilma tarkibidagi biror boʻlakni — maʼno jihatidan muhim boʻlgai nutq taktini (sintagma)ni boshqalaridan ajratib koʻrsatadi. Fraza Urgʻusi qaysi boʻlakka tushsa, oʻsha boʻlak axborot tashishdagi eng ahamiyatli boʻlak hisoblanadi. Maye: Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtiroketdilar. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. — Oʻzbek sportchilari olimpiada oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Ad.: Gʻulomov A., Oʻzbek tilida urgʻu, T., 1947; Mahmudov A., Slovesnoye udareniye v uzbekskom yazыke, T., 1960; N u r m o nov A. va b. ; Oʻzbek tilining mazmuniy sintaksisi, T.

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x