URGUT

URGUT — Samarkand viloyati Urgut tumanidagi shahar (1973-y. dan), tuman markazi. Zarafshon tog tizmasining gʻarbiy davomi hisoblangan Chaqilikalon togʻining etagida, Samarkand sh. dan 35 km narida, viloyatning jan. sharqiy qismida joylashgan. Shahar oʻrtasidan Urgutsoy oqib oʻtadi. Axoliyey 60,5 ming kishi (2003).

Urgut «Bobirnoma»da Arkat, 18-a. boshlariga oid tarixiy hujjatlarda Arkut qishlogʻi sifatida tilga olingan. «Urgut» — Oʻrkent soʻzining keyinroq oʻzgargan yasamasi, oʻr — balandlik; kent — shahar, yaʼni balandlikdagi shahar maʼnosini anglatadi deguvchilar ham bor. Tarixchi Muhammad Yaʼqub Buxoriy oʻzining «Gulshan ulmuluk» asarida 1797—98 y. lardagi kuchli zilzila oqibatida Urgut qoʻrgʻonining vayron boʻlganligini yozadi. Shaharda xalq hunarmandchiligi (pichoqchilik, chopon, soʻzana va h. k.) qadimdan rivojlanib kelgan. 1931-y. da 55 ot kuchiga ega boʻlgan elektr dvigateli ishga tushirilgan. 1935-y. da MTS tashkil qilingan.

Urgutda 5 sanoat korxonasi, bundan tashqari, 6 qoʻshma va 9 xususiy korxonalar mavjud. Ular, asosan, qurilish materiallari (gʻisht, marmar, beton gʻishtlar), yaxna ichimliklar, qandolat mahsulotlari i. ch., sut va goʻshtni qayta ishlash, non pishirish, tamaki fermentatsiyalash bilan shugʻullanuvchi korxonalardir. Ushbu korxonalarning asosiy qismi oʻrta va kichik korxonalar. Qoʻshma korxonalar ichida Belgiya bilan hamkorlikda qurilgan «UrgGazkarpet» va b. korxonalar bor. Aholiga xizmat koʻrsatadigan 3500 dan ziyod xususiy ustaxona va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, mashhur «Urgut» bozori faoliyat koʻrsatadi.

14 umumiy taʼlim maktabi (13,5 mingga yaqin oʻquvchi), 2 kasbhunar kolleji (1250 oʻquvchi), 9 kutubxona, madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, xalq teatri, markaziy madaniyat va istirohat bogʻi, stadion mavjud. 4 kasalxona, 5 poliklinika, 22 dorixona, shaxar yakinida sogʻlomlashtirish oʻrmonlisanatoriy maktabi, bolalar yozgi oromgoxlari, Xoʻja Omon, Xoʻja Chorchinor qoʻriqxonalari bor. Urgutdan Samarkand va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.

Toshpoʻlat Jumaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x