URDU ADABIYOTI — Hindiston va Pokistonda urdu tilida yaratilgan adabiyot. 18-a. ning oxirigacha Urdu adabiyoti va tili «hindaviy», «dakhiniy» deb yuritilgan. Urdu adabiyotining paydo boʻlishiga islom falsafasi, hind va fors adabiyotining taʼsiri katta. M. S. Salmon (1046 — 1121) sheʼrlari, X. J. Sumnoniyning «Tasavvuf odobi» (12-a.) asari Urdu adabiyotining ilk namunalaridir. Urdu adabiyoti fors adabiyoti taʼsirida qasida, marsiya, gʻazal, ruboiy, masnaviy kabi janrlar bilan boyidi. Xusrav Dehlaviy U. a. poetik anʼanalarini yuqori pogʻonaga koʻtardi.
Dexli sultonligining kuchsizlanishi va Dekanda mustaqil musulmon davlatlarining vujudga kelishi natijasida Jan. Hindiston (Dekan) da Urdu adabiyotining markazlari paydo boʻldi. X. B. Gesudarozning «Meʼroj uloshiqin», Vajhiyning «Sabras» kabi asarlari yaratildi. 15—17-a. larda Urdu adabiyoti Bijapur, Golkonda, Vijaynagar va b. joylarda keng rivojlandi. Bu davrda Muhammad Ali Qutbshoh (taxm. 1568—1611), Ibrohim Odilshoh (1580— 1627), Nusratiy, Gʻavvosiy, Ibn Nishotiy va b. U. a. rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. 18-a. da Urdu adabiyoti Hindistonning shim. ida ham taraqqiy etdi. Jan. Hindistonda yashab ijod etgan mashhur shoir Vali Avrangobodiy (taxm. 1668 — 1744)ning Dexliga kelishi (1700) jan. va shim. urduning birlashib ketishiga sabab boʻldi. Bu yerda Vali Avrangobodiy b-n bir qatorda Xotim (1699 — 1791), Shoh Muborak Abroʻ (vaf. 1750), Arzu (1689—1756), Fayz Dexlaviy (18-a. boshlari), Mir Toqiy Mir (1724 — 1810) kabilar Dexli maktabining ravnaqiga munosib ulush qoʻshdilar. Boburiylar hokimiyati tanazzulga yuz tutgach, adabiy markaz Lakhnauga koʻchdi.
18-a. Shim. Hindistonda nasrchilik anʼanasi paydo boʻla boshladi. Diniy mavzudagi asarlar va Qurʼoni sharif tarjimalari bilan bir qatorda xalq dostonlari ham tarqaldi. Urdu nasrining rivojida FortVilyam (1800-y. da asoslangan) va Dexli kolleji (1827-y. da asoslangan) ning faoliyati munosib oʻrin tutadi (Mir Ammon Dexlaviyning «Bogʻu bahor» asari, oʻzbekcha tarjimasi T., 1971). 1739-y. da Nodirshohning Dexlini talontoroj qilishi va mamlakatning inglizlar tomonidan bosib olinishi oqibatida Urdu adabiyotida fojia kayfiyati paydo boʻldi (Mir Dard, 1721-1785). Mirza Savdo (1713-1780) ning ijodida mamlakatning xonavayron boʻlishi va tushkunlik aks etdi. Mir Toqiy asarlarida dardalam ifodalandi. Insonparvarlik gʻoyalari Nazir Akbarobodiy (1740— 183O)ning sheʼriyatida namoyon boʻldi. Hindiston xalqlari mustaqillik uchun kurash olib borayotgan bir davrda Mirzo Gʻolib U. a. da yangi sahifa ochdi, urdu badiiy nasrini shakllantirdi. Tanikli maʼrifatparvar va yozuvchi Sayd Ahmad Xon (1817—1898)ning faoliyati Urdu adabiyotining rivojlanishida muhim rol oʻynadi. Maʼrifatparvarlik harakatining 19-a. oxirlaridagi bosqichida roman asosiy nasriy shakl sifatida maydonga chikdi [Nazir Ahmad (1836 — 1912)ning «Kelin koʻzgusi», «Nosih tavbasi»; Mirzo Rusvo (1858 — 1931) ning «Zoti sharif»; Abdul Halim Sharar (1860 — 1926)ning «Malikul Aziz va Varjana», «Mansur va Moʻhana», «Yerdagi jannat» va b. ].
20-a. urdu sheʼriyatida Muhammad Iqboyannng falsafiy sheʼriyati alohida oʻrin tutadi. U «Bongi Daro», «Sharq payomi», «Manguliknoma» kabi asarlarida hayot va jamiyatdagi ziddiyatlarni keng aks ettirdi. Bu davrda Urdu adabiyotiga ijtimoiy goyalar kirib keldi. Premchand anʼanaviy romantik qahramonlarni zamonaviy hind voqeligiga yaqinlashtirdi. 1936-y. Hindiston taraqqiyparvar yozuvchilari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiya faoliyatini S. Zohir, A. S. Jaʼfariy, F. A. Fayz, K. Chavdar, R. S. Bediy singari ijodkorlar rivojlantirdilar.
Mustaqillikka erishgandan soʻng (1947) Urdu adabiyotida yangi davr boshlandi — U. a. Hindiston va Pokistonda rivojlana boshladi. Hindistonda ijtimoiyrealistik anʼanalarni R. S. Bediy, X. A. Abbos, I. Chugʻtaiy, K. Chandar kabi yozuvchilar davom ettirdilar. Urdu adabiyotida 2-jahon urushi mavzusi ham aks etdi. S. Zohir, A. S. Jaʼfariy, F. Gorakhpuriy, M. Sultonpuriy, J. Murodobodiy, Q. Rayis Urdu adabiyotiga munosib hissa qoʻshdilar.
Pokistonda Urdu adabiyotining atokli vakillari: F. A. Fayz, J. Malihobodiy, A. N. Qosimiy, F. Buxoriy, A. Faroz va b. S. H. Mantu, F. Abbos, M. Adib, M. Mufti kabi yozuvchilar hikoya janrini rivojlantirdilar. Soʻnggi oʻn yillarda K. Naqid, A. Jaʼfariy, F. Riyoz, 3. Nigoh, H. Jolib, I. Orif va b. shoirlar salmokli asarlar yaratdilar. Romannavislardan Aziz Ahmad, Xadija Mastur, Shavkat Siddiqiy, Intizor Husaynlarning nomi mashhur.
Har ikkala mamlakatda ham urdu tilida adabiy jur. lar nashr etilmoqda. Hindistonda: «Shohroh», «Yangi adabiyot», «Shoir» va b. Pokistonda: «Afkor», «Funun», «Avroq», «Sip» va b.
As: Hindiston yozuvchilarining hikoyalari, T., 1958; Premchand, Qismat [roman], T., 1962; Mirzo Ras vo, Bir xonim yearguzashti, T., 1965; Mirzo Gʻolib, Gʻazallar, T., 1972; Chandar K., Xotiramdagi chinorlar, T., 1986.
Ad.: Xuseyn E., Istoriya literaturы urdu, M., 1961; Glebov N., Suxochev A., Literatura urdu, M., 1967.