UOTSON Jeyms Dyun (1928.6.4, Chikago, AQSH) — amerakalik biokimyogar. Molekulyar biol. ning asoschilaridan. AQSH Fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1957). Chikago un-tini tugatgan (1947). Indiana, Kopengagen (195051), Kembrij (195153, 1955—56) untlarida, Kaliforniya texnologiya in-tida (1953— 55), Garvard un-tida (1956-y. dan) ishlagan. AQSH prezidentining fan boʻyicha maslahatchisi (1962-y. dan), NyuYork shtatidagi KoldSpringArbore lab. direktori (1968-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biol. ga oid. F. Krik bilan hamkorlikda DNK (q. Dezoksiribonuklej kislota) molekulasining kush spiralli modelini ishlab chiqqan. Bakteriyalar ribosomalari va ularning oqsil biosintezidagi ahamiyatini oʻrgangan. Viruslar strukturasini oʻrganishga katta hissa qoʻshgan. Nobel mukofoti laureati (1962 , F. Krik va M. Uilkinson b-n hamkorliqsa).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые