UNVON

UNVON — vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va b. malakalari rasman eʼtirof etilganligini tasdiklaydi. Unvon belgilash, berish va undan mahrum etish tartiblari, shuningdek, Unvon b-n bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar qonun hamda boshqa normativ qujjatlar b-n belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Faxriy (q. Faxriy unvonlar), harbiy (q. Harbiyunvonlar), ilmiy (q. Ilmiy unvon), maxsus professional, sport, akademik U., turli mukofot, konkurs laureatlari Unvoni va shu kabilar bor. Prokuratura organlaridagi prokuror va tergovchilar uchun belgilangan Unvon chin, diplomatiya xodimlari uchun belgilangan Unvon diplomatiya daraja va martabalari deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x