UNGUR

UNGURgumbaz shaklidagi shipli va ogʻzi keng, uncha chuqur boʻlmagan gʻor; tor yoʻlakdan soʻng gʻorning kengaygan qismi; erigan suvlar oqib chiqib ketadigan muz tili uchidagi chuqur. Yirik Ungur balandligi 100 m cha boʻladi, eni bir necha 100 m ga yetishi mumkin. Ungur, asosan, togʻ jinslarining yer osti, kam hajmda dengiz suvlari taʼsirida erishidan yuzaga keladi. Tektonik yoriqlardagi butkul toʻlib qolmagan boʻshliqlar ham Ungur deb ataladi. Ungurda koʻp hollarda boksit, fosforit, gips va h. k. toʻplanadi. Ungurlar qurilish ishlari (yoʻl qurish, gaz va neft quvurlari oʻtkazish) ga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ungurdan sanoat chiqindilarini koʻmib tashlash, neft va b. ni saklash uchun sigʻim sifatida foydalaniladi. Baʼzi Ungurlar turizm obyekti hisoblanadi. Oʻzbekistonda Turkiston, Nurota, Chatqol togʻlarida keng tarqalgan. Pavilyon koʻrinishidagi sunʼiy Ungurlar 17 — 18-a. larda Yevropa bogʻpark meʼmorligida keng urf boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x