UNDOV BELGISI

UNDOV BELGISIgap oxirida qoʻllanadigan, ikki elementli tinish belgisi (!). Yozma nutqda, ayniqsa, badiiy asarlarda turli tuygʻular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda Undov belgisining roli katta. Undov belgisi6., asosan, undov va buyruq gaplar oxiriga qoʻyiladi. Bunda u muayyan gapning emotsional yoki qatʼiy buyruq maʼnosiga ega ekanligini, tugallanganligini, boshqa gaplardan chegaralanish nuqtasini koʻrsatadi. Undov belgisi oʻzbek tiliga rus tili orkali kirib kelgan. U oʻzbek yozuvida 20-a. ning boshidan — dastlab «Turkiston viloyatining gazeti»da 1901-y. dan, keyinchalik boshqa bosma asarlarda muntazam qoʻllana boshlagan.

Hoz. oʻzbek adabiy tilida Undov belgisi6., asosan quyidagi hollarda qullanadi:

1) undov gaplar oxirida (Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday falokat, bu qanday mudhish motam! — Oybek);

2) buyruq, tilak, orzu maʼnolarini ifodalagan gaplar oxirida (Onangni qoʻlingda tutsang, singlingni boshingda tut! — Oybek; Fido bulsin senga jontanim, onam!); 3) gap boshida kelib, kuchli hisʼhayajon ifodalagan undalmalardan, undovlardan hamda xa va yuq suzlaridan keyin (Jamila! Bas, tur oʻrningdan! — Hamza; Yoʻq, yoʻq! Bu ogʻir ishni boʻynimga ololmayman). Undov belgisining qoʻllanishida yana bir qancha xususiy holatlar ham uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x