UNASHTIRISH — nikoh toʻyidan oldin yigit va qiz tomonning roziligini rasmiylashtirish uchun oʻtkaziladigan marosim. Oʻzbeklarda Unashtirish quyidagi koʻrinishda amalga oshirilgan: belquda — yaqin doʻstbirodarlar oʻz ayollari homiladorligi paytida, hali tugʻilmagan bolalarni birbiriga atashtirib qoʻyishgan. Goʻdak tugʻilib ulgʻaygach, turmush qurishlari mumkin boʻlgan; beshikkerti (beshikquda, baxshanna, gavrobaxsh, gavrobannon, etak yirtdi, etak chatdi) — beshikda unashtirish. Bunday Unashtirish odatlari hoz. kunda kamdankam uchraydi. Amaliyotda balogʻatga yetgan yigit va qiz ikki oila xohishistagi bilan unashtiriladi. Bunda otaona oʻz oʻgʻillarini uylantirish uchun qatʼiy bir qarorga kelganlaridan soʻng qiznikiga sovchi yuborishadi. Qiz tomon rozilik bersa, ikki yoshning unashtirilganligi munosabati bilan kichik toʻy — fotiha toʻyi oʻtkaziladi. Unashtirilgan qiz «fotihali qiz» deb ham nomlanadi (yana q. Non sindirish).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые