UMUMLASHTIRISH

UMUMLASHTIRISH — insonning voqelikni bilish, tadqiq etishdagi muhim fikriy amallaridan biri; narsa va hodisalarning oʻxshash hamda muhim belgi, xususiyatlarini, bogʻlanishlarni fikran muayyan tushunchaga birlashtirish jarayoni va uning natijasi. Umumlashtirish — ilmiy bilishning muhim vositalaridan hisoblanadi. Umumlashtirishda ayrimlikdan umumiylikka oʻtiladi (mas, «issiqlik» tushunchasidan «energiya» tushunchasiga oʻtish) va umumiy tushuncha, hukm, nazariyalar hosil qilinadi (sabzi, piyoz, karamsabzavot; olma, nok, oʻrikdaraxt). Bunday tushunchalardan yuzaga kelgan umumiy bilim moddiy olamni chuqurroq aks ettirib, uning mohiyatini anglab olishga yordam beradi. Voqelik toʻgʻrisidagi tushunchalarni, ularga asoslangan bilimlarni umumlashtirmasdan fanlarning asosiy kategoriyalarini yaratib boʻlmaydi. Umumlashtirish siz bilimlarimizni sistemaga solish mumkin emas. Umumlashtirish siz fan va ilmiy bilimlar taraqqiy eta olmaydi. Barcha ilmiy kategoriyalar, ular yordamida ifodalanuvchi qonun va tamoyillar, tajribada toʻplangan empirik tushunchalar Umumlashtirish natijasida hosil qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x