UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Umumiy va noorganik kimyo instituti — i. t. muassasasi. 1933-y. Toshkentda Kimyo inti nomi bilan tashkil etilgan. 1998-y. dan shu nomda. Int negizida bir qancha ixtisoslashtirilgan i. t. institutlari, jumladan, intning alkaloidlar kimyosi, gʻoʻza kimyosi hamda polimerlar kimyosi va fizik kimyo lab. lari asosida Oʻzbekiston FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti ajralib chiqdi (1956), 1959-y. da Paxta sellyulozasi kimyosi va texnologiyasi inti, 1965-y. da neft kimyosi lab. asosida Oʻrta Osiyo Neftni qayta ishlash inti (hoz. A. Sultonov nomidagi Oʻzbekiston Kimyofarmatsevtika inti) tashkil etildi.
Int olimlari tomonidan 1934-y. da aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alkillash reaksiyasi ochildi. 1938-y. da kislotaasos nazariyasi eʼlon qilindi (M. I. Usanovich).
Intda soʻnggi yillarda olib borilgan i. t. natijalari, jumladan, neft va neft mahsulotlarini suyultiruvchi moddalar, gaz kondensatlari asosida erituvchilar, «K9» preparati, suvda va moyda eruvchi sirt faol moddalar olish texnologiyasi, chigitni tozalash, koʻp maqsadli katalizatorlar, gʻovakli vermukulit, neft va gidrotermal suvlardan yod ajratib olish, Markaziy Qizilqum fosforitlaridan oddiy superfosfat, tarkibida fosfor, kalsiy, azot saklovchi murakkab va organomineral oʻgʻitlar («Azobiokom» va b.), «Hosil» turkumidagi stimulyatorlar, «Sihat», «Sardor» defoliantlari i. ch. texnologiyalari kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat sanoatlarida, yogʻmoy z-dlarida, burgʻilash texnikasida, q. x. da, qurilish materiallari i. ch. korxonalarida amaliyotga joriy qilindi.
Intda 17 lab. boʻlib, ularda 145 xodim ishlaydi, shulardan 3 akad. (B. M. Beglov, 3. S. Salimoye, S. Toʻxtayev), 16 fan dri, 30 fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi. Int xodimlarining 2 ilmiy ishi Beruniy nomidagi Uzbekis tan Davlat mukofotiga K(. S. Ahmedov, B. M. Beglov, S. A. Zaynutdinov, M. N. Nabiyev, A. A. Vishnyakova, M. R. Odilova) sazovor boʻlgan.