UMUMIY TILSHUNOSLIK

UMUMIY TILSHUNOSLIK — tilshunoslikning, xususiy tilshunosliklardan farqli ravishda, tilni umuman insonga xos hodisa, insonning ajralmas qismi sifatida oʻrganuvchi boʻlimi. Umumiy tilshunoslikning asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi—xususiyatlarni aniklash va yoritishdir. Bu vazifa ayrim tillar va til guruxlari yuzasidan kuzatishlarni umumlashtirish; til qurilishining, tabiiy va mashina tillari semantikasi va sintaksisining, shuningdek, fonetikaning (faqat tabiiy tillarda) eng umumiy, universal krnuniyatlarini aniklash orqali hal etiladi. Xususiy tilshunoslik esa oʻz urganish manbaiga koʻra ayrim bir tilga (rusistika), biror tillar guruhi yoki oilasiga (romanistika, turkiyshunoslik), bir mintaka yoki tipologik guruhga mansub tillarga (bolqonshunoslik, kavkazshunoslik) xos xususiyatlarni oʻrganadi.

Umumiy tilshunoslik barcha tillarning umumiy (yoki statistik jihatdan ustun boʻlgan) belgilarini tipologiya yordamida empirikinduktiv tarzda; tilning amal qilishidagi umumiy (har qanday jamoaga mansub kishilar uchun ahamiyatli bulgan) qonuniyatlarni oʻrganish orqali esa deduktiv tarzda ham aniqlab beradi. Umumiy tilshunoslik, shuningdek, tilning sathlarga boʻlinishiga qarab hamda muayyan boʻlimning til belgisi (soʻz) va matn (fikr, gap)ning u yoki bu tomoniga moyilligiga qarab ham tilshunoslik bulimlarini ajratib kursatadi (maye. umumiy fonetika, umumiy morfologiya).

Umumiy tilshunoslik fani doirasida tilning tabiati va mohiyati, til va tafakkur, til va nutq, tilning tarkibiy tuzilishi, til tizimini anglash, tilning paydo boʻlishi va rivojlanishi, yozuvning paydo boʻlishi, tillarning morfologik (tipologik) va genealogik tasnifi, tillarni ilmiy oʻrganish metodi, tilda shakl va mazmun kabi muammolar urganiladi. Bulardan til va nutq, tilni tekshirish metodi, tilda shakl va mazmun muammolari «Umumiy tilshunoslik» fani nomi bn, krlgan muammolar esa «Tilshunoslikka kirish» fani nomi b-n boglik. Umumiy tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblangan tilshunoslikka kirishda til haqida boshlangich maʼlumotlar beriladi, tilshunoslikda qoʻllanadigan asosiy ilmiy termin va tushunchalar b-n tanishtiriladi, tilshunoslikning asosiy qismlarini va xususiy tilshunoslikda urganiladigan masalalarni uzlashtirish uchun nazariy asos beriladi. Yukrridagilarga koʻra «Umumiy tilshunoslik» terminini keng va tor maʼnolarda tushunish toʻgʻriroq buladi. Umumiy tilshunoslik tilshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar (mas, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix, arxeologiya, etn., psixologiya) hamda tabiiy fanlar, xususan, biologiya va matematika bilan aloqasini ham urganadi.

Ad.: Obщyee yazыkoznaniye, t. 1. Formы suщyee tovovaniya, funksii, istoriya yazыka, M., 1970,Usmonov S, Umumiy tilshunoslik, T., 1972.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x