UMRA — islom anʼanasida kichik haj. U. Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal. U. ni yil — un ikki oy bajarish mumkin. Umraning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga Umra qilishi mumkin. Faqat har bir Umra uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga Umra qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun «Tanʼim»(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые