Ummon — Yo’q

Tun, bir kun u qaytar,
Xalovatimni qaytarib berar.
A balki yo’q, balki qaytmaydi,
Meni unutgan, meni sevmaydi.

Yo’q, meni jondan sevgan azizam endi yo’q,
Hayotimga mazmun bergan u ko’zlar yo’q.
Meni xumorim, dil oromim endi yo’q,
Endi yo’q. (x2)

Balki u qaytar bir kunmas bir kun,
Balki endi hech qachon diydor korishmaymiz.
Kutishdan charchadim suratinga qarab,
Ko’zlarim charchadi visolini tilab.

Qaytarmikan yoki yo’q,
Sen uni korasan, men esa uni yo’q.
Manimcha u qaytmaydi endi hech qachon,
Lekin umidim negadir so’ngani yo’q.

Telbamanmi yoki nima deb atay,
Qachongacha suratingga qarab sevilay?
Sen meni unutgansan, men buni bilaman,
Lekin har kuni tunda nega sani kutaman?

Men aniq bilaman sen qaytmasligingni,
Ne qilay, bu yurak tushunmaydi shuni.
Tushuntirolmayman nega ketgansan,
Va quydagi so’zlarni unga takrorlayman:

Yo’q, meni jondan sevgan azizam endi yo’q,
Hayotimga mazmun bergan u ko’zlar yo’q.
Meni xumorim, dil oromim endi yo’q,
Endi yo’q. (x2)

Tun ayt, keladimi bir kun yo’qlab meni,
Eslaydimi senga qarab meni?
Meni? (x2)

(Balki u qaytmaydi endi hech qachon,
Lekin umidim negadir so’ngani yo’q.)

Yo’q…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x