UMMA (arab, ummat — maʼlum dinga eʼtiqod qiluvchilar jamoasi) — Madinada Muxammad (sav) izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa aʼzolari tushunilgan. Keyinchalik ummat umuman musulmonlar mazmunida talqin etilgan.