ULYANOVSK VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1943-y. 19 yanv. datashkil qilingan. Rossiya Yevropa qismining jan. sharqida joylashgan. Mayd. 37,3 ming km2. Aholisi 1382,3 ming kishi (2002), asosan, ruslar (73%), shuningdek, tatar, chuvash, mordva, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyat tarkibida 21 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 33 shaharcha bor. Shahar aholisi 73%. Viloyat markazi — Ulyanovsk sh.
Ulyanovsk viloyati hududining 3/4 ga yaqin qismi Volga boʻyi qirlarining sharqida joylashgan. Volga daryosi Ulyanovsk viloyati hududini oʻng va chap (Zavoljye) soxillarga boʻladi. Zavoljye sohili qismi bir oz qiya tekislik. Oʻng sohilda Volga boʻyi qirlari (bal. 363 m gacha) joylashgan. Foydali qazilmalari: kvars, kumush, diatomitlar, qurilish materiallari xom ashyosi, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar, torf, fosforitlar. Undori mineral suvi bor. Iqlimi moʻtadil kontinental, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —13°, iyulniki 19°. Yiliga 400 mm ga yaqin yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 174 kun. Asosiy daryolari — Volga va uning irmoqlari (Sura, Sviyaga, Katta Cheremshan va b.); Kuybishev suv ombori, kichik koʻllar bor. Viloyat oʻrmonli dasht va keng bargli oʻrmonlar (asosan, shim. garbi) zonasida, joylashgan. Zavoljyeda qaragʻayzorlar saqlangan. Oʻrmonlar viloyat hududining 25% ni egallaydi. Katta maydon unumdor qoratuproqlar b-n qoplangan. Yovvoyi hayvonlardan los, suvsar, tiyin, oq tovushqon, suv parrandalari va botqoqqirgʻoq qushlari yashaydi. Kuybishev suv omborida baliq ovlanadi.
Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (U. v,da Rossiya avtobuslarining 64%, yuk avtomobillarining 6%, shuningdek, samolyotlar, stanoklar, kimyo sanoati uchun jihozlar, q. x. mashinalari, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chikariladi). Yengil (jun va zigir gazlamalar, paypoq) va oziq-ovqat (un, yorma va b.) sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, sement, termoizolyatsiya i. ch., yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Eng yirik korxonalari: «Ulyanovskiy avtozavod», «Voljskiye motorы», «Avtodetalservis», «Aviastar», mexanika mashinasozlik z-dlari, Dimitrovgrad agregat zavodi. Asosiy sanoat markazlari Ulyanovsk, Dimitrovgrad. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi sutgoʻsht yoʻnalishidagi chorvachilik. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Asalarichilik rivojlangan. Bugʻdoy, arpa, grechixa, texnika ekinlaridan kungaboqar va qand lavlagi, shuningdek, kartoshka, sabzavot ekinlari va b. ekiladi. T. y. lar uzunligi 709 km, avtomobil yoʻllari uz. 4615 km, Volgada kemalar qatnaydi. Havo transporti viloyatni RFning koʻpchilik r-nlari bilan boglaydi. 2 xalqaro aeroporti (shu jumladan, UlyanovskVostochniy) bor. 46 sanatoriykurort muassasasi faoliyat koʻrsatadi.