Ulug’bek Rahmatullaev — Yurak

Ey yurak, ko’p hovliqma,
Bas, ko’ngin taqdir farmoniga.
Aslo yurak qilma havas,
Qasd qilguvchi o’z joniga.

Ey yurak, yig’lama yetar,
Bu alamlar bir kun bitar.
Mayliga yor ketsa ketar,
Begona yorning yoniga.

Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor.

Ko’zlarim yosh qildi xira,
Ko’zlarim ishq qildi xira.
Arzimas bevafo sira
Bo’lmoqqa dil armoniga.

Ey yurak, buncha o’ynama,
Bu jafokorni o’ylama.
Intilma endi, bo’ylama,
Bezalgan yor ayvoniga.

Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor suyganlaring,
Bilmadi yor.
Kammi shuncha kuyganlaring?
Qalbni tirnab o’yganlaring.
Bilmadi yor, bilmadi yor. (x3)
Ey yurak…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x