Uchrashib daryo bo’yida,
Qo’l ushlashib yurar edik,
Majnuntollarning bag’rida
Shirin xayol surar edik.
Sog’inib tonglar otguncha,
Kutaman quyosh botguncha.
Yarim ko’nglim to’lmas ekan,
Yig’larman daryo to’lguncha. (x2)
Uchrashib daryo bo’yida,
Sevgimizni asrar edik,
Ravo ko’rmaslar qahridan
Ko’priklarsiz qolar edik.
Sog’inib tonglar otguncha,
Kutaman quyosh botguncha.
Yarim ko’nglim to’lmas ekan,
Yig’larman daryo to’lguncha. (x4)
Yarim ko’nglim to’lmas ekan,
Yig’larman daryo to’lguncha…