Men o`zim uchun yashab o`tgim kelmas,
Zerikkan yarim dilga chin muhabbat yetmas.
Bu osmonda yulduz uchganda tilayman –
Sevgim topay dunyoda.
Xayollarimda, ro`yolarimda
O`ylaganim aytgin, borsan qaylarda?
Yurak yig`lar, seni tinmay so`rar,
Keraksan, keraksan.
Olib borar senga ne manzillar?
Izlayman, izlayman. (x2)
Yolg`izlikdan darbadar xayolim,
Sado ber, begonam.
Tasavvurimda paydo bo`lganim,
Sensizlikdan charchadim.
Kelmaysan, qiynaysan,
Umidimni parchalaysan.
So`naman, aqlimdan ozaman,
Bergin yordam, orzuginam.
Yurak yig`lar, seni tinmay so`rar,
Keraksan, keraksan.
Olib borar senga ne manzillar?
Izlayman, izlayman. (x2+x2)
Yolg`izlikdan darbadar xayolim,
Sado ber, begonam…