ULTRAMIKROSKOP

ULTRAMIKROSKOP (ultra… va mikroskop) — oddiy mikroskop yordamida koʻrib boʻlmaydigan mayda zarralarni koʻrishga xizmat qiladigan optik asbob. U. koʻriladigan obyekt (zarralar)ni yoritish usuli bilan oddiy mikroskopdan farq qiladi. Oddiy mikroskoplarda qoʻllaniladigan obyektni yoritib kuzatish usuli oʻrniga, bunda qorongʻilashtirilgan maydon usulidan foydalaniladi. Ultramikroskopda obyektni yoritish uchun kuchli yorugʻlik manbai va juda katta yorugʻlik kuchiga ega boʻlgan optik tizimlar qoʻllaniladi. Bu usulda tekshirilayotgan obyekt (zarralar) nur bevosita kuzatuvchining koʻziga tushmaydigan qilib, yon tomondan juda kuchli yoritiladi. Har bir yoritilgan zarra kuzatuvchiga qorongʻi maydonda oʻzidan yorugʻlik sochib turuvchi yorugʻ nuqta boʻlib koʻrinadi. Turli xildagi Ultramikroskop yordamida turli dispers sistemalarpat zarralarning konsentratsiyasi va harakati aniklanadi. q.). U. yordamida 2Yuʻ9 m gacha kattalikdagi zarralarni oʻrganish mumkin. Dastlabki Ultramikroskop 1903-y. da avstriya olimlari G. Zidentopf (1872—1940) va R. Zigmondi (1865—1929) tomonidan yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x