ULOTRIKS (Ulothrix) — ulotriksdoshlar oilasiga mansub ipsimon shoxlanmagan koʻp hujayrali yashil suvutlar turkumi. Xujayrasida bitta tasmasimon xromatofor, bitta yoki bir nechta pirenoid, bitta yadro bor. Bir vaqtning oʻzida jinssiz va jinsiy koʻpayadi. Ayrim hujayralarida toʻrt xivchinli zoosporalar yetishsa, qoʻshni hujayralarida ikki xivchinli izogametalar hosil boʻladi. Zigotasi reduksion boʻlinib, gaploid hujayralar hosil qiladi. Ularning biridan yangi Ulotriks unib chiqadi Ulotriksning 25 turi chuchuk suvlar va dengizlarda tarqalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые