ULARLAR, tog kurkalari (Tetroogallus) — qirgʻovullar oilasi urugʻi. Uz. 60 sm gacha. Oyoklari kuchli; narining oyogʻida kalta pixi bor. Yaxshi yuradi. Togʻ yon bagʻirlari yoki daralarda yuqoridan pastga keng qanotlarini yoyib (qoqmasdan) parvoz qiladi. 5 turi bor. Kavkaz U. i — Kavkaz togʻlarida; Kaspiy Ularlari — Zakavkazye va Kopetdogʻda; Himolay, yaʼni qora qorinli Ularlar — Tyanshan va PomirOloyda, tibet Ularlari — Sharqiy Pomirda, oltoy U. i — Oltoy va Sayanda tarqalgan. Oʻrmon zonasining yuqori chegarasida uya quradi. Alp oʻtloqlarida oziklanadi. Kishda qor kam tushgan togʻ yon bagʻirlariga koʻchib oʻtadi. 3 turi Rossiya va b. mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые