UKRAINA MILLIY FANLAR AKADEMIYASI

UKRAINA MILLIY FANLAR AKADEMIYASI — Ukrainaning oliy davlat ilmiy tashkiloti. 1918-y. 27 noyab. da tashkil etilgan. Kiyev sh. da joylashgan. Uning 1prezidenta — mashhur geolog olim va geokimyogar V. I. Vernadskiy. Dastlab akademiya 3 int, 15 komissiya va milliy kutubxonani birlashtirgan 3 ilmiy boʻlimdan iborat boʻlgan. Akademiya tarkibidagi 3 seksiya, 14 boʻlim, 170 ga yaqin int va boshka ilmiy muassasada 13 mingdan ortiq ilmiy xodim ishlaydi. FAning 500 dan ziyod haqiqiy va muxbir aʼzosi, 130 xorijiy aʼzosi bor. 7 mintaqaviy ilmiy markaz, 2 ilmiy kutubxona, 2 nashriyot mavjud, 80 ga yaqin ilmiy jur., monografiya, maʼlumotnoma, darslik, lugʻat, ilmiyommabop adabiyotlar nashr etadi. Akademiyada turli yoʻnalishdagi ilmiy maktablar shakllangan. Jumladan, Ye. O. Pa/yaonning elektr payvandlash, V. M. Glushkovning kibernetika maktablari jahonga mashhur. Akademiya 50 dan ortiq mamlakatning ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi. Akademiya MDH mamlakatlari FAlarini birlashtiruvchi Xalqaro FA assotsiatsiyasini tuzish tashabbuskori. 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar ishida qatnashadi. Prezidenta B. Ye. Paton (1962-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x