UKRAINA KRISTALLI QALQONI

UKRAINA KRISTALLI QALQONISharqiy Yevropa platformasi jan. gʻarbiy qismi fundamentining palaxsali koʻtarilishi. Dnepr daryosining oʻrta va quyi oqimi boʻylab choʻzilgan boʻlib, mayd. 200 ming km2 atrofida. Burmalangan fundament meridional chuqur yoriqlar bilan VolinPodolsk, Belaya SerkovOdessa, Kirovfad, Dnepr oldi va Azov oldi bloklariga boʻlingan. Ukraina kristalli qalqoni katarxey granitgneyslari va turli shox aldamchisi — biotitli gneyslardan iborat. Bularga organik moddalarga boy jinslardan hosil boʻlgan fafit va fafitli gneys konlari yondashgan. Arxey kalin qatlamida asosli va oʻta asos jinslar hamda fanit intruziyalari bor. Krivoy Rog svitasining umumiy qalinligi 1500 m boʻlib, qumtosh, kvarsit, fillit, talk, seritsit, xloritli slaneslar va karbonat jinslaridan iborat. Ukraina kristalli qalqonining kristalli fundamenti joylarda kaynozoy yotqiziqlari bilan qoplangan. Ukraina kristalli qalqoniga Krivoy Rog temir rudali xavzasi yondashgan. Kalqonni qoplagan togʻ jinslari bilan Dneprovsk qoʻngʻir kumir havzasi, Nikopol marganes rudalari koni bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x