UKIYOE (yaponcha, aynan — tez oqar dunyo obrazlari) — 17 — 19-a. larda yapon rangtasviri va grafikasida shakllangan badiiy maktab; shahar hayotining oʻsishi b-n bogʻliq holda yuzaga kelgan; sanʼatda demokratik anʼanalarni aks ettirgan. Rangtasvir ustalari va grafik rassomlar orasida «bidzinga» («goʻzallarni tasvirlash») hamda bu janrga yaqin «yakusyae» («aktyorlarni tasvirlash») janri keng tarqaldi. Ularning qaxramonlari qiyofalarining tashqi koʻrinishi shartli (tilla zamin, ranglarga boy) bezaklar bilan uygʻunlashtirilgan. Ukiyoe ening erkin yoʻnalishi grafikada, ayniqsa, yorqin ifodalangan. Koʻplab nusxa olish imkonini beradigan kesma ksilografiya usulida ishlanishi gravyuralarning keng tarqalishini taʼminlagan. Qoʻdda ishlangan qizil yoki sariq rangli dastlabki Ukiyoe gravyuralariga keyinchalik 2—3 rangli (asosan, pushti va yashil) bosmada sogʻlom, goʻzal ayollar (Xisikava Morokobu, Okumura Masanobu) va kupol kuchli, kudratli aktyorlarni (Torii Kiyonobu, Torii Kiyomitsu) aks ettirish xos boʻlgan. Ukiyoe gravyuralarining keyingi rivoji manzara janrining taraqqiyoti b-n bogʻliq boʻldi; Vatanning ulugʻvor obrazlarini yaratgan Katsusika Xokusay, yapon provinsiyalari tabiatini atroflicha ishonarli sodda aks ettirgan Andro Xirosige va b. ijodi bilan belgilanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые