UJJAYN

UJJAYN — Hindistonning markaziy qismidagi shahar. MadhyaPradesh shtatida. Vindhya togʻining shim. etagida joylashgan. Aholisi 365 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda turli buyumlar tayyorlanadi. Ujjayn hindularning 7 «muqaddas» shaharidan biri, diniy ziyorat markazlaridan. Shahar mil. av. 7-a. da bunyod etilgan. Qad. hind geograflari shartli Bosh meridianni Ujjayn orqali oʻtkazganlar. Shahardan jan. da 1730-y. da qurilgan JaySingx rasadxonasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x