UILKINS Moris Xyu Frederik (1916.15.12, Pongaroa, Yangi Zelandiya) — ingliz biofizigi. London Kirollik jamiyati aʼzosi (1959). Birmingem un-ti falsafa d-ri (1940). AQSH Kaliforniya un-tida (1941—45), London Kingz kollejida (1946-y. dan) ishlagan. Shu kollej molekulyar biol. boʻlimi boshligʻi (1962-y. dan) va biofizika prof. (1970-y. dan). DNK molekulasining qoʻsh spiralli ekanligi toʻgʻrisidagi F. Krik va J. Uotson modelini rentgenstrukturaviy usuli yordamida tasdiqlagan. Foto va termolyuminessensiya (elektron tuzoq) nazariyasini ishlab chiqqan. Nerv sistemasi biofizikasi boʻyicha ham tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1962, F. Krik va J. Uotson bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые