UGORSIMONLAR (Anguilliformes) suyakli baliqlar turkumi. Uz. 10 sm dan 3 m gacha, vazni 15 g dan 65 kg gacha. Shakli ilonga oʻxshash. Jabra yoylari nurlari 6—51 ta; baʼzan boʻlmaydi. Suzgich pufagi ochiq, suzgichlari tikansiz. Orqa va anal suzgichlari uzun. Qorin, baʼzan koʻkrak suzgichlari boʻlmaydi. Yelka kamari suyagi miya qutisi bilan tutashmagan. Lichinkasi bargsimon, shaffof. 23 oila (jumladan, murenasimonlar), 400 turi bor. Asosan, barcha okeanlar tropik suvlarida tarqalgan. Faqat ugorlar chuchuk suvlarda yashaydi, lekin dengizda koʻpayadi. Koʻpchilik Ugorsimonlar sayoz suvlarda yashirin hayot kechiradi. Ayrim Ugorsimonlar chuqur suvlarda (4000 m gacha) uchraydi. Asosan, yirtqich hayot kechiradi. Vir qanchaturlari ovlanadi. Boltiqva Qora dengiz x. avzalarida oddiy ugor, Boltiq dengizida dengiz ugori yashaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые