UGANDA (Uqanda), Uganda Respublikasi (Republic of Uqanda) — Sharqiy Afrikadagi davlat. Mayd. 236 ming km2. Aholisi 24,7 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kampala sh. Maʼmuriy jihatdan 4 viloyat (reqion)ra boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Uganda — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1995-y. 8 okt. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1986-y. dan Yoveri Museveni), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Ugandaning tabiati goʻzal va iqlimi yumshoqligi sababli «Afrika durdonasi» deb ataydilar. Uganda Sharqiy Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, 1100—1500 m balandlikdagi togʻlar uchrab turadigan tekislikdir. Eng baland joyi — Margerita choʻqqisi (5109 m). Choʻqqilarni doim muz qalpogʻi qoplab yotadi. Jan. sharqdagi Elgon vulkani va jan. gʻarbdagi Virunga guruhi vulkanlari soʻnib qolgan. Temir, mis, kobalt, polimetall rudalar, noibiy, sirkoniy, apatit, oltin, qalay, volfram, asl toshlar, toshtuz va b. konlar topilgan. Uganda Iqlimi — ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha oylik tra yil davomida 18,5°dan 22°gacha. Yillik yogʻin 750—1500 mm. Koʻl va dare koʻp, shu jumladan, Afrikadagi eng katta Viktoriya koʻlining shim. qismi Ugandaga qarashli. Daryolarining kupi Nilga quyiladi. Tuproqlari, asosan, qizilferralitli, qurgʻoqchil joylarda esa temirli qizilqoʻngʻir tuproq. U. da savanna, tog oʻtloklari koʻp, ayrim joylarda barg toʻkuvchi va doim yashil oʻrmonlar saqlanib qolgan. Ularda daraxtlarning 400 ga yaqin turi, jumladan, qimmatbaho nav daraxtlar oʻsadi. Hayvonot dunyosida fil, jiraf, arslon, leopard, begemot, buyvol, zebra, kiyik, maymun kabi sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (timsoh, ilon), hasharotlar bor, baliq koʻp. Kobarega, Ruvenzori milliy bogʻlari va qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
Aholisining 99% dan kuprogi afrikaliklar. Ular orasida eng kupi bantu tillari guruhiga mansub xalqlar (ganda, soga, nyankole, gishu, nyaruganda va b.) bulib, mamlakat markazi va jan. da, nilot xalklari (turkona, lango, acholi va b.) shim. da yashaydi. Rasmiy tillar — suaxili va ingliz tillari. Shahar aholisi 12,5%. Ahsshining 65% — katolik va protestantlar, 15% — musulmonlar; qolgan qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Yirik shaharlari: Kampala, Jinja, Mbale.
Tarixi. Uganda hududida odam quyi paleolit davridan yashay boshlagan. Mil. 1-ming yillikda Kongo gʻarbidagi oʻrmonlardan kelgan bantular va shim. sharkdan kelgan kuchmanchi nilot kabilalari Uganda aholisining uzagini tashkil etgan. 13—14-a. larda (ayrim maʼlumotlarga kura, 10—11-a. larda) koʻllar oraligʻida ilk Kitara davlati paydo boʻlgan. 16-a. da Uganda bir necha mustaqil daylatlar (Unyoro, Nkore, Toro va b.)ga parchalanib ketgan. 19-a. ning urtalarida 14-a. da tashkil topgan Buganda davlati kuchaydi. 19-a. ning 60-y. larida bu yerga yevropaliklar suqilib kira boshladi. Ular mahalliy qabila va diniy jamoalar urtasida nizo va urush chiqarish yuli b-n ularni zaiflashtirib, uz taʼsir doiralariga utkazib oldilar.
1890-y. Angliya—Germaniya shartnomasiga binoan, Buyuk Britaniya Buganda va butun Uganda hududida bemalol harakat qilish huquqini oldi. 19-a. ning 90-y.
lari — 20-a. boshlarida bu davlatlar ustidan Britaniya protektorati urnatildi, ular Uganda protektoratining muxtor provinsiyalariga aylandi. 1-jahon urushi boshlangan paytda Buyuk Britaniya butun Uganda xududini zabt qilib olgan edi. 20— 30-y. larda boshlangan ozodlik harakati 2-jahon urushidan keyin ayniqsa avj oldi. 1952-y. U. Milliy kongress siyosiy partiyasi tuzildi. Bu partiya 1953—55 y. larda Buyuk Britaniyaning uz mustamlakachilik hokimiyatini mustaqkamlash maqsadida Uganda, Keniya va Tanganikadan iborat Sharkiy Afrika Federatsiyasiga birlashtirish yoʻlidagi urinishlariga qarshi ommaviy harakatga rahbarlik qildi. 1962-y. 9 okt. dan Uganda mustaqil davlat. Kabaka (vorisiy hukmdor) Mutesa II davlat boshligʻi boʻlib qoldi. 1967-y. Milton Obote prezident buldi. 1971-y. 25 yanv. da general Idi Amin boshchiligida harbiy toʻntarish boʻlib, Obote lavozimidan olib tashlandi. Milliy majlis va xukumat tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalar faoliyati taqiklandi. 1971-y. fev. dan I. Amin prezident deb eʼlon qilindi. Iqtisodiyotni «ugandalashtirish», q. x. ni isloh qilish yoʻli boshlandi, armiya 3 baravar koʻpaytirildi. Ammo bu siyosat qiyinchilikka uchradi, eksport va import izdan chikdi, ekin maydonlari qisqardi, ishsizlik kuchaydi, norozilikoshdi. 1979-y. Moshi (Tanzaniya) da Milliy ozodlik fronti (MOF) tuzildi. Amin armiyasi Tanzaniyaga hujum qilganida MOF otryadlari Tanzaniya armiyasi yordamida Amin armiyasini tormor etdi. MOF muvaqqat hukumat tuzdi. 1980-y. 10—11 dek. da Milliy majlisga saylov oʻtkazildi, unda Uganda Xalq Konfessi gʻalaba qildi, partiya rahbari M. Obote yana prezident boʻlib qoldi. Hukumat «bozor munosabatlari» usullarini joriy etib, mamlakatni mushkul ahvodsan olib chiqish choralarini koʻrdi. 1985-y. harbiy toʻntarish boʻlib, M. Obote lavozimidan olib tashlandi. Harbiy kengash davlat hokimiyatining oliy organiga aylandi. 1986-y.
Uganda Milliy qarshilik koʻrsatish armiyasi rahbarlari hokimiyatni qoʻlga oldilar. 1996-y. prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. 2000-y. 29-iyundagi referendumda aholi koʻp partiyali tizimga qarshi chiqdi va prezident Y. Museveni boshchiligidagi «Harakat» siyosiy tashkilotigina mamlakatga rahbarlik qilishini yokdadi. Anʼanaviy partiyalarga ruxsat berilgan, ammo ularning faoliyati cheklab qoʻyilgan. Yangi partiyalar tuzish taqiqlangan. Uganda 1962-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 9 okt. — Mustaqillik kuni (1962).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. «Harakat», siyosiy tashkilot, Milliy qarshilik koʻrsatish harakati asosida 1998-y. tuzilgan; Demokratik partiya, 1956-y. asos solingan; Konservativ partiya, 1979-y. tashkil etilgan; U. xalq kongressi, 1960-y. tuzilgan. U kasaba uyushmalari milliy tashkiloti, 1974-y. tashkil etilgan, 16 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi, Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotining aʼzosi.
Xoʻjaligi. Uganda — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q. h. ning ulushi 44%, sanoatning ulushi 17%.
Qishloq xoʻjaligi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan q. x. da mehnatga layoqatli aholining 80% dan koʻprogʻi band. Dehqonchilik uchun yaroqli boʻlgan 4 mln. gektarning 1/3 qismidangina foydalaniladi. Asosan, kofe, kakao oʻstiriladi, paxta, choy, shakarqamish, tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, maniok, batat, banan, yams, tamaki va b. ekiladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Koʻllarda baliq ovlanadi; yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoatida konchilik asosiy oʻrin oladi. Kilembeda miskobalt ruda koni va boyitish f-kasi bor; volfram, apatit, ohaktosh va fosforit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 795 mln. kVtsoat elektr energiya xrsil qilinadi. Nil boʻyidagi OuenFole GES, Kilembedagi GES, kichik issiqlik va dizel elektr st-yalari bor. I. ch. sanoatida 10 dan ortiq odam ishlaydigan 800 ga yaqin korxona bor. Jinjada mis eritish va poʻlat quyish, Tororoda asbotsement, superfosfat, Ximada sement z-dlari, turli joylarda oziq-ovqat (un, yogʻ, pivo, konserva), yengil (toʻqimachilik, qogʻoz, koʻnpoyabzal, tikuv), yogʻochsozlik, farmatsevtika, rezinatexnika, avtotaʼmirlash va yiguv (radiopriyomnik va sovitkich i. ch.) korxonalari mavjud. Muhim sanoat markazlari; Jinja, Kamlala, Mbale, Lira.
T. y. uzunligi — 1,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uz. — 27 ming km ga yaqin. Entebbeda xalqaro aeroport bor. Chetga kofe, paxta, choy, mis, charm va teri sotadi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari oladi. Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya, Niderlandiya, Keniya, Hindiston bilan savdo qiladi. Pul birligi — uganda shillingi.
Tibbiy xizmati. Sogʻliqni saqlash tizimi aralash: davlat davolash muassasalari bilan birga xususiy shyfoxonalar ham bor. Vrachlar Makerere un-tining tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Majburiy taʼlim yoʻq. Boshlangʻich maktab 7 y. lik. Davlat maktablari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Oʻrta maktab 6 y. lik: 4 y. lik toʻliqsiz va 2 y. lik toʻliq maktabdan iborat. Darslar, asosan, ingliz tilida olib boriladi. Boshlangʻich maktabning 4 sinfi negizidagi hunartexnika va q. x. maktablari, toʻliqsiz oʻrta maktab negizidagi oʻrta texnika va q. x. kollejlari yoshlarga kasbhunar taʼlimi beradi. Oʻqituvchilar kollejlari boshlangʻich maktablar uchun, Milliy ped. kolleji esa toʻliqsiz oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi.
Kampaladagi Makerere un-ti (1922-y. da asos solingan, 1949-y. dan Un-t kolleji, 1970-y. dan milliy Un-t maqomini olgan) oliy taʼlim beradi, unda gumanitar, ijtimoiy fanlar, q. x. va oʻrmonchilik, tabiiy fanlar, pedagogika ftlari mavjud. Tijorat va texnika kollejlari ham bor. Yirik kutubxonalari: Un-t kutubxonasi (1940), 200 tarmoq kutubxonasidan iborat Birlashgan ommaviy kutubxona. Kampalada Uganda muzeyi va Oʻrmon muzeyi (1922), Entebbeda Geol. muzeyi, Botanika bogi (1898), Ovchilik va baliqchilik muzeyi, akvarium va b. bor. I. t. lar Kampaladagi q. x. tadqiqot st-yasi (1937), davlat kimyo lab., paxtachilik i. t. stansiyasi, Entebbedagi veterinariya tadqiqot markazi (1926), geol. xizmati va mineral resurslar boʻlimi, oʻrmonchilik boʻlimida olib boriladi. Un-t huzuridagi ijtimoiy tadqiqot inti, Milliy taʼlim inti (1964), U. jamiyati (adabiyot, tarix, madaniyat sohalarida), ayrim muzeylar va Botanika bogʻida ham ilmiy ishlar olib boriladi. U hududida Sharqiy Afrika mintaqaviy i. t. muassasalari: dare baliqchiligi tashkiloti (1948, Jinja), tripanosomozlar tadqiqot tashkiloti (1949, Tororo) va virusologiya inti (1949, Entebbe) ishlaydi.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Uda nashr etiladigan asosiy gaz. va jur. lar: «Ikveytor» («Ekvator», ingliz tilidagi haftalik gaz., 1981-y. dan), «Mkombozi» («Xaloskor», ingliz tilidagi oylik jur., 1982 ydan), «Munno» («Doʻstingiz», katoliklarning luganda tilidagi xaftalik gaz., 1911-y. dan), «Nyu viji» («Yangi nuqtayi nazar», hukumatning ingliz tilidagi haftada 2-marta chiqadigan gaz., 1986-y. dan), «Sitizen» («Fuqaro» ingliz tilidagi haftalik gaz.), «Star» («Yulduz», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1984-y. dan), «Taifa empia» («Yangi millat», luganda tilidagi kundalik gaz., 1953 ydan). Uganda axborot agentligi hukumat agentligi boʻlib, u 1972-y. tashkil etilgan. Uganda radiosi hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Uganda televideniye xizmati tijorat xizmati boʻlib, hukumat tomonidan nazorat qilinadi; 1962-y. tuzilgan.
Adabiyoti. 20-a. boshlarida alifbo joriy etilgach, Uganda xalqlari tillarida adabiyot rivojlana boshladi. Ilk davrda M. Nsimbi, E. Kavere, A. Kaggva, G. Gmotoka va b. larning tarixiy qissa, sarguzasht romanlari, melodramalari paydo boʻldi. 1948-y. «Istafriken literatur byuro» nashriyoti tashkil etilishi bilan adabiyot rivojida yangi bosqich boshlandi. 50-y. larda O. p Bitek (193 1—82) ning «Tishing oq boʻlsa, kulaver!» dostoni, I. V. Lubambulaning sheʼrlari, J. Kaddu, E. Kaverening romanlari, T. Bazzarabizening sarguzasht qissalari nashr etildi.
Ingliz tilidagi adabiyot tez rivojlana boshladi. B. Kimenye, A. Mazrui, R. Serumaga, X. O. Kuletaning hikoya va romanlari mashhur boʻldi. T. lo Liyong koʻp janrlarda barakali ijod qildi. 70— 90-y. lar adabiyotida ijtimoiy oʻtkir, dolzarb masalalar koʻtarilib chiqildi. P. Nazaretning «Jigarrang rido ostida», B. Lubeganing «Xoʻrlanganlar», O. Kulining «Fohisha» romanlari bunga misoldir. Sheʼriyatda vatanparvarlik ruhiyati, adolatsizlikdan norozilik kayfiyati kuchli.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Aksariyat xalq ommasi aylana tarxli xoda va novdalardan konussimon yasalib tomi poxol va oʻtoʻlan bilan yopilgan kulbalarda yashaydi. Kulbalar yonida agʻdarilgan savat shaklidagi toʻqima donxonalar barpo etiladi. Qabila boshliqlari (kabakalar) ning daxmasi yoʻgʻon xodalardan konus shaklida yasaladi va poxol bilan qoplanadi. Dastlabki yevropacha (devorlari oklangan va tomi 2 nishabli va cherepitsali) turar joylar 1870-y. larda qurildi. Kampala va Entebbeda masjidlar, cherkovlar qad. koʻtardi. 20-a. ning 60-y. laridan yangi qurilish materiallaridan foydalanib uyjoy, maktab, kasalxona, sanoat inshootlari, koʻp qavatli maʼmuriy binolar qurishga kirishildi.
Ugandada badiiy hunarmandchilik orasida yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik ayniqsa rivojlangan. Mebel, cholgʻu asboblariga naksh solinadi. Lub, qamish, palma tolasi, novda, poxol, oʻt, papirusdan savat, boʻyra, qalqon, devor, turli idishlar yasaladi. 1936-y. da rassomlik maktabi tashkil etildi. Zamonaviy haykaltaroshlardan J. Kakoosa, G. Maloba, rangtasvirchilardan M. O. Buluma, I. Kalanzi, D. Sebegal, grafikachi rassom V. Envaki va b. Yevropadagi eng yangi oqimlar taʼsirida ijod qila boshladilar.
Musiqasi qad. va boy anʼanalarga ega. Uganda xalklarining tillari, urfodatlari, turmush tarzi turlicha boʻlgani tufayli musiqasi ham xilmaxil. Har bir elatga xos ohanglar va usullar mavjud. Urfodat, mehnat, marosim, sevgi qoʻshiqlari, qahramonlarni madh etuvchi qoʻshiqlar kabi janrlar rivojlangan. Davra boʻlib va yakka tarzda aytiladigan qoʻshiklar bor. Koʻpchilik xalklarning musiqasi pentatonikaga, oddiy va murakkab vazn oʻlchovlariga asoslangan. Cholgʻu asboblari: 8 torli arfa (ennanga), 8 torli lira (endonga), 1 torli skripka (endigidi), kamon (sekitulege), nay, truba, baraban, chang va sh. k. U. da «Afrikaning yurak urishi» milliy folklor ansambli, Embayre changchilar ansambli va b. musiqiy jamoalar bor. Tanikli musiqa arboblari: kompozitor J. Kgambiddva, sozanda Ye. Mulinda, xonanda J. Katumba, musiqashunoslar — B. Mubangizi, K. Sempebva va b. Musika kadrlarini Uganda milliy un-tining sanʼat fti, milliy musiqa departamenti va milliy kollej tayyorlaydi.
Teatri. 1-jahon urushidan keyin ingliz havaskorlik teatri taʼsirida Afrikaning oʻziga xos teatr sanʼati vujudga keldi. 20-a. ning 50-y. larida barcha havaskorlik toʻgaraklari teatr gildiyasiga birlashdi, uning tashabbusi bilan Kampalada milliy teatr binosi kurildi. Mamlakat mustakilligiga bagʻishlangan «Qora darvesh» spektakli (Ngugi Van Tiongo pyesasi asosida) Uganda yarim professional teatri tarixini boshlab berdi. Mashhur jamoalari: birinchi professional jamoa «TIETR limited», «Afrika artistlari uyushmasi», «Kampala shahri artistlari» va b. Ularning repertuarida mahalliy mualliflar — Viklif Kiyinja va Bayron Kanadva pyesalari bilan birga jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham bor.