UFA — shahar (1586-y. dan), Boshqirdiston Respublikasi poytaxti. Oq Idil daryosiga Ufa va Dema daryolari quyiladigan joyda. T. y., dare, avtomobil va havo yoʻllari chorrahasi. Aholisi 1042,4 ming kishi (2002). Shahar 1574-y. da boshqirdlar qalʼasi Toʻratau oʻrnida rus qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1781-y. dan Ufa noibligi, 1796-y. dan Orenburg, 1865-y. dan Ufa gubernyasi markazi. 1922—91 y. larda Boshqirdiston Muxtor SSR, 1991-y. dan Boshqirdiston Respublikasi poytaxti.
Neftni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi («Bashneft» i. ch. birlashmasi, Novoufim, Ufa neftni qayta ishlash z-dlari, «Ufaneftexim», «Ufaorgsintez» korxonalari), mashinasozlik va metallsozlik (motorsozlik, priborsozlik, agregat, «Orgtexnika» i. ch. birlashmalari; «Elektroapparat», «Promsvyaz», «Ufaselmash» va b. z-dlar), yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Boshqirdiston un-ti), Rossiya FA ning ilmiy markazi, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri). Boshqirdiston davlat badiiy muzeyi, M. Gʻafuri muzeyi bor. Shahar markazida Salavat Yulayevga yodgorlik oʻrnatilgan.