UELLS (Wells) Gerbert Jorj (1866.21.9, Bromli 1946.13.8, London) — ingliz yozuvchisi. London un-tini tugatgan (1888). 1942-y. dan biologiya dri. 1893-y. da biologiya va fiziografiya boʻyicha dareliklar yozgan. Uells 19-a. ning 90-y. laridan badiiy ijod bilan shugʻullangan. «Vaqt mashinasi» (1895) romani bilan 20-a. ilmiy fantastikasiga asos solgan. Uells uchun J. Svift, Volter, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba boʻlib xizmat qilgan. «Dunyolar muhorabasi» (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda oʻz ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tugilishi haqida hikoya qilgan. «Ozod etilgan dunyo» (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. «Zamonaviy utopiya» (1905) romanrisolasida esa jamiyatni davlat sotsializmi asosida qayta qurish loyihasini maʼqullagan; ammo Uells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori boʻlgan. «Vilyam Klissold dunyosi» (1926), «Oshkora fitna» (1928) romantraktatlarida Uells oʻz nazariyasini marksizmga qaramaqarshi qoʻygan. 1-jahon urushi yillari (1914—18) da «Ozod dunyo» (1914) kitobini yozgan. 1916-y. dan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan boʻlsada («Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi»), rasman oʻz mavqeini oʻzgartirmagan.
Uells 3-marta (1914, 1920, 1934) Rossiyada boʻlgan va oʻz taassurotlarini «Mudroq Rossiya» (1920) kitobida aks ettirgan. Sovet Rossiyasi istiqboliga ishonmagan, kommunizm haqidagi gʻoyalar shunchaki bir xomxayol deb qaragan. «Koʻrinmas odam» romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1967).