UDMURTIYA

UDMURTIYA, Udmurtiya Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Oʻrta Uralning gʻarbiy qismida, Kama va Vyatka daryolari oraligʻida joylashgan. Mayd. 42,1 ming km2. Aholisi 1570,5 ming kishi (2002). Udmurtiyada 25 tuman, 6 shahar, 12 shaharcha bor. Poytaxti — Ijevsk sh.

Davlat tuzumi. Udmurtiya — respublika. Respublika boshligi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. U hududi shim. dan jan. ga, sharqdan gʻarbga qiyalab boruvchi sertepa tekislik boʻlib, aksari qismini daryo, jarliklar kesib utadi. Shim. qismida Yuqori Kama qirlari bor (bal. 300 m), gʻarbidagi Kilmez daryosi boʻylari botqoqlashgan pasttekislik, jan. da Mojga va Sarapul qirlari bor. Foydali qazilmalari: neft, torf, kumir, qurilish materiallari (kvarsli qum, gil, ohaktosh va b.). Mineral buloklar, shifobaxsh balchiqlar (VarziYatchi) mavjud. Iklimi moʻtadil kontinental, qishi sovuq, yozi nisbatan iliq, shim. da oʻrtacha tra yanv. da —15,5° dan jan. da — 14,2° gacha, iyulda 17,5° dan 19,2° gacha. Oʻrtacha yillik yogʻin 400—600 mm. Eng katta daryosi — Kama. Siva, Ij, Vyatka, Chepua, Kilmez va b. daryolari Kama havzasiga mansub. Votkinsk suv ombori bor. Tuproklarining aksari chimli podzol, jan. sharkda sur tusli oʻrmon tuproklari, sharki, jan. va shim. da chimlikarbonatli tuproklar uchraydi. Udmurtiya hududining 47,5% oʻrmon (archa, pixta, qaragʻay, togterak va b.). Hayvonot dunyosi: oʻrmonlarda tulki, suvsar, oqsichqon, boʻrsiq, boʻri, kemiruvchilar (tiyin, quyon, dala sichqoni va b.); daryolarda norka, qunduz yashaydi; ondatra iqlimlashtirilgan. Qushlardan budduruq, karqur, qur, kaklik ovlanadi. Daryolarida turli baliq koʻp.

Aholisi udmurt (30,9%), rus (58,9%), tatar (6,9%) va b. Shahar aholisi 69,7%. Davlat tillari — rus va udmurt tillari. Dindorlari, asosan, xristian (pravoslav)lar. Yirik shaharlari: Ijevsk, Sarapul, Votkinsk, Glazov.

Tarixi. Udmurtiya hududida odam kadim zamonlardan yashaganligi maʼlum (Yangi Multon qishlogʻida neolit yodgorliklari topylgan). 3—9-a. larda Vyatka va Kama daryolari oraligʻida udmurt qabilalari birlashmasi vujudga kelgan. 10—12-a. larda Kuyi Kama va Vyatka boʻylarida yashagan udmurt qibilalari VolgaKama Bulgʻoriyasi tarkibida boʻlgan, uning inqirozidan soʻng 1236-y. dan Oltin Oʻrta va Kozon xonliklariga qaram boʻlgan. 1489-y. Oʻrta va Yuqori Vyatka udmurtlari, 1552-y. Kama boʻyi udmurtlari Rus davlatiga qoʻshib olingan. 1558-y. ga kelib Udmurtiyaning barcha hududini Rossiya bosib oldi. Jabrzulm kuchayishi sababli xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. 1662—64 y. lardagi boshqirdlar qoʻzgʻoloni, Razin qoʻzgʻoloni va Pugachyov koʻzgʻolonida udmurtlar faol katnashdilar, 1905—07 y. lardagi inqilobda ishtirok etdilar. 1917-y. 9 noyab. da Ijevskda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918-y. iyunida Udmurtiya RSFSR tarkibiga qoʻshib olindi. 1919-y. apr. da Udmurtiyani Kolchak qoʻshinlari ishgʻol qildi, oʻsha yil iyunda yana shoʻro hokimiyati tiklandi. 1920-y. Votyaklar muxtor viloyati tuzildi (podsho Rossiyasi davri va 1932-y. gacha udmurtlar votyaklar deb atab kelingan; 1932-y. dan xalqning oʻz nomi bilan Udmurtiya muxtor viloyati deb ataldi). 1934-y. 28 dek. da U. Muxtor Sovet Respublikasiga aylantirildi. 1990-y. sent. da suverenitet haqida Deklaratsiya qabul qilindi va U. Respublikasi deb atala boshladi.

Xoʻjaligi. Udmurtiya — rivojlangan indus trialagrar respublika. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 46,8%, q. x. ning ulushi 12,8%, qurilishning ulushi 4,1%, transportning ulushi 3,4%, savdoning ulushi 9,6%. Barcha korxonalarning 69,2% xususiy, 5,1% davlat mulki, 8% munitsipal mulk, krlgan 8,1% mulkchilikning boshqa turlari, jumladan, aralash va xorijiy mulkdir.

Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik, yoqilgʻi, oziq-ovqat, elektr energetika, rangli metallurgiya, kora metallurgiya, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, qurilish materiallari, yengil, kimyo, neft kimyosi sanoatidir. Energetika kumir, neft, gaz va torfga asoslangan. Ijevsk, Sarapul, Votkinsk, Glazovda issiklik elektr st-yalari bor. Yiliga oʻrtacha 3,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Qora metallurgiya «Ijstal» i. ch. birlashmasi, Ijevsk va Votkinskdagi metall quyuv korxonalaridan iborat. Glazovdagi Chepes mexanika z-dida atom energetikasida foydalaniladigan va Rossiyada birdanbir sirkoniy olish va uni qayta ishlash sexi ishlaydi. «Votkinsk zavodi» i. ch. birlashmasi qitʼalararo ballistik raketalar ishlab chikaradi. Yengil avtomobil, mototsikl, teplovoz, podshipnik, qogʻoz i. ch. mashinalari, neft, kimyo, yegʻochsozlik sanoati uchun uskunalar, metall qirqish stanoklari, radiotexnika buyumlari, ov va sport kurollari i. ch. rivojlangan. Respublika shim. va gʻarbiy tumanlarida yogʻoch tayyorlanadi. Mebel, uysozlik, yogʻochsozlik, shisha sanoati korxonalari bor. Yengil sanoatda zigʻir tolasini qayta ishlash, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, trikotaj, oziq-ovqat sanoatida goʻshtsut, unyorma, likyoraraq, pivo i. ch. tarmoklari bor. Neft, kumir, torf, ohaktosh qazib olinadi.

Qishloq xoʻjaligi chorvachilik, gʻallakorlik va zigʻirkorlikka ixtisoslashgan. Q. x. ga yaroqli yerlar 1795 ming ga, shundan 1461 ming ga yer haydaladi. Yerlarning salkam 60%da donli ekinlar, 35%da yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Qolgan yerlar zigʻir, kartoshka, sabzavot va b. bilan band. Bogʻ va rezavor mevachilik rivojlangan. Chorvachiligida goʻsht va sut uchun qoramol, shuningdek, choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Asalarichilik rivojlangan.

Transporti. T. y. uzunligi — 768 km, avtomobil yoʻllari uz. — 5332 km. Kama daryosi va Votkinsk suv omborida kema qatnaydi. Kema katnaydigan ichki suv yoʻllari uz. — 178 km, Ijevsk sh. da xalqaro aeroport bor. Koʻpgina neft va gaz kuvurlari Udmurtiya hududvdan oʻtadi.

Tibbiy xizmati. 20-a. ning 90-y. lari oʻrtalarida Udmurtiyada 7723 vrach aholiga tibbiy yordam koʻrsatdi. Shifobaxsh mineral suv va balchiq bilan davolaydigan «VarziYatchi» kurorti, bir necha sanatoriy va dam olish uylari, sayyohlar makoni va b. bor.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Udmurtiyada taʼlim RF taʼlim tizimi asosida rivojlanib kelayotir. 20-a. 90-y. larida respublikadagi 882 umumiy taʼlim maktabida 253 ming, 30 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 21 ming oʻquvchi, 5 oliy oʻquv yurti — Ijevskdagi Udmurtiya un-ti, mexanika, q. x., tibbiyot intlari, Glazovdagi pedagogika in-tida 23,8 ming talaba taʼlim oldi. Udmurtiyada tarix, iqtisodiyot, til va adabiyot, fizikatexnika i. t. institutlari, q. x. tajriba st-yasida i. t. lar olib boriladi. Udmurtiyada 5 teatr, filarmoniya, sirk, shuningdek, Ijevsk va Sarapulda oʻlkashunoslik muzeylari, Votkinskda P. I. Chaykovskiy yodgorlik uymuzeyi, Ijevskda tasviriy sanʼat muzeyi, Glazov sh. da «Idnakar» muzeyqoʻriqxona bor. Udmurtiyada bir necha gaz. va jur. nashr etiladi. Udmurt va rus tillarida radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladi.

Adabiyoti 19-a. da, Kirill alifbosi asosidagi udmurt yozuvi joriy etilgandan keyin vujudga keldi. 19-a. oxirlarida shoirlardan G. Ye. Vereshchagin, G. P. Prokopyev, 20-a. boshlarida M. Mojgin, K. P. Chaynikov (K. Gerd), adib Kedra Mitrey (D. I. Korepanov) yirik sheʼriy va nasriy asarlar yaratdilar. 20-y. larda sheʼriyat ustun boʻldi. M. Prokopyev, D. Mayorov, I. Dyadyukov, Ashalchi Oka (L. Vekshina), K. Chaynikov oʻz sheʼr va dostonlarida voqelikni romantik ifodalashdan haqqoniy tasvirlashga oʻtdilar. P. M. Sokolov. M. N. Timashyovning sahna asarlari, K. Mitrey, D. Pinyaning qissa va romanlarida udmurt xalqining bosib oʻtgan yoʻli va hayoti tasvirlandi. 2-jahon urushi davrida adabiyot xalqni fashizmga qarshi kurashga ruxlantirdi. 20-a. ning 2yarmida M. P. Petrov («Tongotar chogʻi», «Eski Multon»), I. G. Gavrilov («Oftob chik,di»), Ye. Ye. Zagrebin («Baxrr yomgʻiri»), S. A. Samsonov («Tungi qoʻngʻiroq») yirik asarlar yaratdilar. Sheʼriyatda F. Vasilyev, A. Belonogov, A. Uvarov, V. Romanov, V. Ivshin barakali ijod qildilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Udmurtiya xududida mil. av. 1-ming y. lik — mil. 2-ming y. likning Iyarmiga oid koʻpgina badiiy yodgorliklar topilgan. 17-a. ning 2yarmida yogʻoch qoʻrgʻonlar (Sarapul va b. shaharlarda) qurildi. 18-a. oʻrtalarida z-dlar tevaragida shaharchalar vujudga keldi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida Sarapul, Glazov, Ijevsk, Votkinsk sh. lari bosh reja asosida kurila boshladi (meʼmorlar V. Geste, S. Dudin, V. Petenkin, F. Roslyakov va b.). 19-a. 1yarmi binolar meʼmorligida ampir uslubi urf boʻldi. Udmurtiya dagi turar joylar devori yogʻochlarni ustmaust taxlash usulida tiklanar, hovli atrofi oʻralib, naqshinkor darvozalar oʻrnatilar edi. 20-a. ning 20 — 30-y. lari meʼmorligida konstruktivizm, 40—50y. larida klassitsizm (Ijevskdagi sirk, meʼmori P. Popov, Pushkin koʻchasidagi meʼmoriy majmua, meʼmori V. Orlov va b.) shakllaridan foydalanildi. 60—70y. larda shaharlarda yangi turar joy daxalari, meʼmoriy majmualar (Ijevskda maʼmuriymadaniy markaz (meʼmori G. Aleksandrov) barpo etildi.

20-a. ning 20-y. larida tasviry sanʼat vujudga keldi. Zamonaviy rassomlar orasida N. Kosolapoye, A. Xolmogorov, P. Semyonov, D. Xodirev, I. Nurmuxametov, B. Postnikov, P. Yolkin asarlari mashhur. Xalq amaliy bezak sanʼatida kashtachilik, badiiy toʻquvchilik keng yoyilgan.

Musiqasi qoʻshni xalkdar — finugor, turkiy va slavyanlar sanʼati bilan hamohang tarzda rivojangan. Qoʻshiqlari koʻp ovozli va xilmaxil janrli — tuy, marosim, dehqonchilik va ov mavsumlari, surgun, jang va muhabbat qoʻshiqlaridan iborat. Cholgʻu asboblari: gusli (krez), sibizgʻa (chipchirgan), fleyta (uzigumi), choʻpon nayi (tutekton), shuningdek, garmon, balalayka, skripka, gitara kabilar. Professional musika 20-a. ning 20-y. laridan rivojlana boshladi. Kompozitorlardan N. Golubev, N. Grexovodov, G. Korepanov, G. KorepanovKamskiy, L. Vasilyev, Yu. Tolkach, dirijyorlardan A. Mamontov, G. Bexterov, R. Ankudinova, xonandalardan K. Lojkin, N. Zubkov, G. Titov mashhur. Udmurtiyada «Italmas» davlat ashula va rake ansambli (1933-y. dan), radio va televideniye xori, musiqa bilim yurti (1933-y. dan), Xalq ijodiyoti uyi (1936-y. dan), musiqa maktablari bor.

Teatri. 1918-y. udmurt tilida dastlabki drama spektakllari sahnalashtirildi. 20-y. lardan sayyor xalq teatrlari ishladi. 1931-y. Ijevskda Udmurt drama teatri (1958-y. dan musiqali drama teatri) ochildi. 30-y. larda Alnash (1934), Glazov va Debes (1936) qishloq teatrlari tashkil etildi. 1935-y. Rus drama teatri va respublika qoʻgʻirchoq teatri ishlay boshladi. Udmurt drama teatri sahnasida mahalliy mualliflardan I. Gavrilov. M. Petrov, G. Krasilnikov, Ye. Zagrebin, L. Perevoshchikov, S. Shirobokov, qoʻshni respublikalar dramaturglar va jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlari qoʻyildi. Teatr arboblaridan G. Veretennikov, N. Bakisheva, V. Perevoshchikov, K. Gavrilova, V. Vinogradova, A. Shklayeva, Ye. Romanova va b. mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x