UDALOV Aleksandr Andreyevich [1914.21.9, Simbirsk (xoz. Ulyanovsk sh)] — RUS yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1974). 1920-y. dan Toshkentda yashagan. 2jaxrn urushi qatnashchisi (1943— 46). «Literaturnыy Uzbekistan» (1937 — 40), «Zvezda Vostoka» (196065; 196769; 197185) jur,larida hamda «Komsomoles Uzbekistana» (1941—43) gaz. da bosh muharrir, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir (1953—56), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari (1956—75). «Vatan urushi yillarida bolalar» turkum hikoyalari (1941) va «Marina» qissasini (1940) yozgan. Qissa va hikoyalar toʻplamida («Oʻrmonlarda», 1943—49; «Jonim bilan», 1947—48; «Zamondoshlarim», 1950; «Yoz kunlarining birida», 1957; «Qizlar», 1961; «Koʻk togʻlarda», 1981 va b.) urush fojialari tasvirlangan. «Sabr kosasi» dilogiyasi («Sabr kosasi», 1kitob, 1964; «Muhabbat mangu», 2kitob, 1973) Turkiston tarixi va xalqlar doʻstligi haqida. «Vatan oʻgʻloni» (1982), «Turmushimiz kunlari» romanlari (1989) muallifi. P. Muxamadyorova va Hakim Nazirning qissa va hikoyalarini rus tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1983).
As: Birinchi qor [qissa]. T., 1958; Sabr kosasi [roman], T., 1965; Izbr. proizvedeniya, t. 1—2, T., 1989; Otkrыvateli mira [povesti, rasskazы], T., 1990.