UD

UD (arab. — qora daraxt) — torlimezrobli qad. musiqa asbobi. Arab, turk, fors, Kavkaz (ozarbayjon, arman) va Markaziy Osiyo (oʻzbek, tojik) xalqlarida keng qoʻllaniladi. Katta, noksimon va yupqa qopqokli kosaxona, kalta va enli dastaga ega. Tovushi yumshoq va mayin. Ayritom xarobasidan udsimon cholgʻuni ushlab turgan sozanda ayol tasvirlangan friz topilgan. 9 — 15-a. larda Sharq musiqa nazariyasi (tovushqator, parda, maqomlar) masalalarini sharhlab berishda Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin alUrmaviy, ashSheroziy va b. ning risolalarida Ud yetakchi soz hisoblangan. Uning dastlab 4 tori boʻlganligi, Ziryob ismli (9-a.) sozanda (ayrim manbalarda Forobiy) tomonidan 5 tor qoʻshilganligi maʼlum. Torlar kvartaga sozlanib forscha va arabcha — hodd, zir, masna, maslas, bam deb nomlangan (q. zirubam). Ud pardalari esa mutlaq (ochiq tor), zoid (ochiq torga nisbatan orttirilgan), mujannab (qoʻshni parda), sabbob (koʻrsatkich barmoq b-n bosiladigan), vustai furs (oʻrta barmoq bilan bosiladigan fors pardasi), vustai zalzal (Zalzalga nisbat berilganuiim). Ld parda), binsir (toʻrtinchi barmoq bilan bosiladigan parda), xinsir (jimjiloq bilan bosiladigan parda) deb yuritilgan. Risolalarda pardalar abjad tartibida arabcha harflar bilan belgilangan. Hozirda qoʻllaniladigan Ud pardasiz va 11 torli. Ulardan 5 tasi juft torlardan, pastki tori bitta boʻladi. Oʻzbekistonda musiqa kollejlari va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Ud sinflari mavjud. Ud, asosan, joʻrnavoz (mumtoz musiqa ansambllari) va yakkanavoz soz sifatida qoʻllaniladi. Ud asosida Yevropada lyutnya cholgʻusi kashf etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x