UCHUNIQ — bir qancha kasalliklarning boshlangʻich belgisi. Koʻpincha kasallikning 3—4kuni namoyon boʻladi. Bemorning aʼzoi badani zirqirab ogʻrishi, gavda t-rasining goh koʻtarilib, goh pasayishi, lab va burunga uchuq (baʼzan quloqlarga toshma) toshishi bilan kechadi. Shu sababli xalqda bu holat Uchuniq deb ataladi. Aksariyat kishilar Uchuniqni oyoq uchida oʻtib ketadigan xastalik deb qaraydilar. Natijada Uchuniq boshqa kasalliklarning avj olishiga sabab boʻladi. Kishi uchunganida vrachga murojaat etishi zarur.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые