UCHQUDUQ

UCHQUDUQNavoiy viloyati Uchquduq tumanilagi shahar (1978-y. dan), tuman markazi. Viloyatning shim. da. T. y. stansiyasi. Uchquduqdan Navoiy sh. gacha 300 km. Aholisi 25,3 ming kishi (2004). 1961-y. da Muruntov oltin konining ishga tushirilishi munosabati bilan barpo etilgan. Uchquduqda oltin, oltingugurt, marmar ishlab chiqaruvchi kon sanoati korxonalari, jumladan, Navoiy konchilik ktiga qarashli Shim. kon boshkarmasi, Zarafshon kurilish boshqarmasi tasarrufidagi «Shimol» korxonasi, Koʻkpatos geologiya razvedka ekspeditsiyasi, 31 Qizilqumgeologiyarazvedka partiyasi, Oʻzbekiston—Rossiya P«romelektro» qoʻshma korxonasi, qurilish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shoxobchalari, avtokorxona, 6 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, gimnaziya, konchilik kasbhunar kolleji ishlab turibdi. Madaniyat uyi, 3 kutubxona, klub muassasalari mavjud. Stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish havzasi va b. sport inshootlari aholiga xizmat qiladi. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya kismi, silga qarshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, ambulatoriya, 4 kasalxona, 2 vrachlik punkti, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi va b. tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Shahar hududidan Navoiy— Uchquduq — Nukus yoʻnalishidagi katta avtotrassa oʻtadi. Uchquduq — Miskin yangi t. i. tarmogʻi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x