UCHQIZIL

UCHQIZILSurxondaryo viloyati Termiz tumanidagn qishloq, tuman markazi. T. y. stansiyasi, Termiz sh. dan 20 km uzoklikda, Uchqizil suv ombori sohilida. Aholisi 13,8 ming kishi (2004). Paxta tozalash z-di, 4 qoʻshma, 6 kichik korxona, avtokorxona va b. sanoat va qurilish tashkilotlari, MTP, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasbhunar kollejlari, litsey faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, madaniyat uylari aholiga xizmat qilmoqda. Stadion va b. sport inshootlari, sayyohlik maskani mavjud. Markaziy kasalxona, poliklinika, tez tibbiy yordam st-yasi, dorixona, Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot inti (Toshkent sh.)ning «Uchqizil» filiali ishlab turibdi. Uchqizil — Termiz yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x