UCHLAMCHI SISTEMA (DAVR) — Yer geologik tarixida kaynozoy erotemasining birinchi davri. «Uchlamchi sistema» terminini 1759-y. italyan geologi Arduino taklif etgan. Uchlamchi sistema yotqiziklari mezozoy erasining boʻr davri jinslari ustida joylashgan boʻlib, antropogen (toʻrtlamchi) davri jinslari bilan qoplangan. Hoz. vaqtda 2 mustaqil — neogen va paleogen sistemalariga ajratilgan; ilgari bu davrlar Uchlamchi sistemaning boʻlimlari hisoblanardi. Yana q. Neogen sistemasi (davri), Paleogen sistemasi (davri).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые