UCHKOʻPRIK

UCHKOʻPRIKFargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanidagi qishloq. Tuman markazi, yakin t. y. stansiyasi — Quqon (8 km). Aholisi 6 ming kishidan ziyod (2004). Xoʻjaliklari Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Asfaltbeton, paxta tozalash, meva sabzavot konserva z-dlari, qurilish tashkilotlari, MTP, non kti, avtokorxona, qoʻshma korxonalar, kichik va xususiy firma va korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, bolalar musiqa va sport maktablari bor. Madaniyat saroyi va b. madaniyat muassasalari, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari ishlab turibdi. Stadion, sport zallari, bir qancha sport va futbol maydonlari mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, tez tibbiy yordam st-yasi faoliyat koʻrsatadi. Uchkoʻprikdan Qoʻqon va Fargʻona sh. lariga avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x