UCHINCHISI ISTISNO QONUNI

UCHINCHISI ISTISNO QONUNI — formal mantiqning asosiy qonunlaridan biri. Dastlab Aristotel ifodalab bergan. Bu qonunga koʻra, birbiriga zid boʻlgan ikki fikrdan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi fikrga oʻrin boʻlishi mumkin emas. Bu qonun qaysi fikrning chinligini koʻrsatib bera olmaydi, lekin qaysi fikrdan biri toʻgʻri boʻlsa, keyingisi albatta notoʻgʻriligini bildiradi. Uchinchisi istisno qonuni «A yoki V yoki V emas» formulasi orqali ifodalanadi. Uchinchisi istisno qonuni bilish va muhokama yuritish jarayonida toʻgʻri xulosa chiqarish uchun muhim boʻlib, oʻzaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yoʻl qoʻymaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x