UCHChELLO

UCHChELLO (Uccello) (asli di Dono, di Dono) Paola (1397 — Florensiya — 1475.10.12) — italyan rassomi, Florensiya maktabining yirik namoyandasi. U. Donatello, F. Brunelleski, Mazachcho va 1407—14 y. larda L. Giberti ustaxonasida taʼlim olgan va undan ilhomlangan. Asosan, Florensiyada, shuningdek, Venetsiya (1425—30), Paduya (taxm. 1447), Urbino (1465—68)da ham ishlagan. Uchchello ijodida gotika shakllariga moyillik yangi, realistik sanʼat masalalariga boʻlgan qiziqish bilan gʻaroyib uygʻunlikka erishgan; portretlari («Kondotyera J. Akuto», Florensiyadagi sobor devoriga ishlangan freska, 1436), jang lavhalari («SanRomano yaqinidagi jang», taxm. 1450-y. lar oʻrtasi, nusxalari Uffitsida, Luvrda, Londondagi Milliy galereyada) va b. asarlari saklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x