UCHBURCHAK

UCHBURCHAK — bir toʻgʻri chiziqda yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtalarda boʻlgan uchta kesmadan yasalgan figura. Berilgan nuqtalar Uchburchakning uchlari, uchlarini tutashtiruvchi kesmalar Uchburchakning tomonlari, tomonlari orasidagi uchta burchak U. ning burchaklari deyiladi. Uchala tomonioʻzarotengboʻlgan Uchburchak teng tomonli (rayem, a), ikki tomoni teng boʻlsa, teng yonli (rayem, b) Uchburchak deyiladi. Uchala burchagi oʻtkir boʻlgan Uchburchak oʻtkir burchakli (rayem, v), burchaklaridan biri toʻgʻri boʻlsa, toʻgʻri burchakli (rayem, g), burchaklaridan biri oʻtmas boʻlsa, oʻtmas burchakli (rayem, d) deyiladi. Uchburchakda faqat bitta toʻgʻri yoki oʻtmas burchak boʻladi (chunki Uchburchakning barcha burchaklari yigʻindisi ikki toʻgʻri burchak, yaʼni 180° yoki radian oʻlchovida ya ga teng). Uchburchakning yuzi S = u ah ga teng [a — U. tomonlaridan biri, h — esa oʻsha tomonga tushirilgan balandlik (rayem, ye)]. U. har tomonining uzunligi qolgan ikki tomon uzunliklari yigʻindisidan kichik, ayirmasidan esa kattadir. Quyidagi shartlardan biri bajarilsa, ikki Uchburchak teng boʻladi:

1) tomonlari moye ravishda teng; 2) ikkitadan tomonlari va bu tomonlar orasidagi burchaklari teng;

3) bittadan tomonlari va bu tomonga yopishgan ikkitadan burchaklari teng. Uchburchak larning koʻpgina boshqa xossalarini trigonometriya, sferik geometriya, sferik trigonometriya va b. sohalarda oʻrganiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x