TYURINGIYA

TYURINGIYA, Tyuringiya Respublikasi — Germaniya yeri. Mamlakatnig markaziy qismida, Tyuringiya soyligi atrofida, Tyuringiya Oʻrmonlarida joylashgan. Tyuringiya 5 ta federal yer bilan chegaradosh. Mayd. 16,2 ming km2. Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Erfurt sh.

Tyuringiya — Germaniya hududidagi tyuringlarning qad. viloyati. 1130-y. dan landgraflik, 16-a. oʻrtalaridan Saksoniya qirolligi va bir qancha knyazliklar tarkibida boʻlib keldi. 1918-y. da knyazliklar barham topib. Tyuringiya yeri tashkil etildi. 1945-y. fashistlar Germaniyasi parchalanib, Tyuringiya Sovet Ittifoqi okkupatsiya zonasiga oʻtdi. 1949-y. dan Germaniya Demokratik Respublikasi tarkibida 3 okrugga ajratildi. 1990-y. da Germaniya birlashgach, okruglari ham birlashtirilib, T. Respublikasi tashkil etildi.

Tyuringiyani muhim transport yoʻllari kesib oʻtganligi sababli, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi uchun sharoit kulay boʻlgan. Tyuringiya qadimdan hunarmandchilikning, ayniqsa, ov va sport qurollari ishlab chiqarish. markazi edi. Konchilik, elektrotexnika, keramika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Chinni va shisha buyumlar, oʻyinchokdar ishlab chiqariladi. Stanoksozlik, optikamexanika, avtomobilsozlik korxonalari mavjud. Tyuringiyada 3 unt, bir nechta maxsus oliy oʻquv yurti, 50 dan ortiq i. t. instituta va texnik markazlar bor. Q. xda donli ekinlar, raps, kartoshka, qand lavlagi ekiladi. Tyuringiya — I. V. Gyoʻte, I. Bax va b. mashhur shaxslar vatani.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x