TYEPOLO

TYEPOLO (Tiepolo) Jovanni Battista (1696.5.3, Venetsiya 1770.27.3, Madrid) — italyan rassomi, rasm ustasi, oʻymakor naqqosh; 18-a. Venetsiya maktabining yirik vakili. G. Ladzarinidan taʼlim olgan, P. Veroneze va J. B. Pyatsettadan ilhomlangan. Asosan, Venetsiyada, shuningdek, Milan (1731-32, 1732, 1740), Vyursburg (175053), Madrid (1762-70) da ishlagan. Tyepolo ijodi 16—18-a. lar italyan monumental sanʼati taraqqiyotiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi; uning freska va kartinalari tubsiz kengliklari, tuganmas joʻshqinligi va erkin tasviri, nurhavo taʼsirining mukammalligi, boʻyoklarining yengil va shaffofligi, rakurslarining favquloddaligi bilan jahon monumental bezak sanʼatining choʻqqilaridan biriga aylandi. Tyepoloning ilk asarlaridayoq ijodiga xos boʻlgan harakatchan shakllar, keskin nursoya hamda boy tasavvuri koʻzga tashlanadi (1725-y. dan soʻng Venetsiyadagi Dolfino saroyi uchun tayyorlangan kartinalar turkumi). 1735-y. dan Tyepolo asarlari erkin va joʻshqin tus oldi, ranglar yorqinlashdi va nozik tuslar bilan boyidi [Venetsiyadagi Jezuati (1737—39) va Skalsi (1743 — 44) cherkovlaridagi plafonlar va b. ]. Rassom asarlarida interyerlarni illyuziyali kengaytirib va chuqurlashtirib, bezaklarni meʼmoriy kenglikka mahorat bilan uygʻunlashtirgan. Dastgoh asarlari obrazlarining yorqin taʼsirchanligi va mahoratli usuli bilan hayratga soladi («Amfitratning zafari», taxm. 1740, Drezden kartinalar galereyasida va b.). T. portretlar («Arendagi toʻplam» koʻp shaklli kompozitsiya, 1748—50 va b.), oʻta taʼsirchan grafik asarlar («Turli xil gʻaroyibotlar», «Xayol hazillari» ofortlar turkumlari va b.) muallifidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x