DO`STLARGA ULASHING:
Zarur masalliqlar: 400 gr. tvorog, 3 osh qoshiq suli yormasi, 2 dona tuxum, 3 osh qoshiq shakar, 1 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq vanilin, ta’bga ko‘ra mayiz.
Tayyorlanishi: idishga tuxum chaqilib, vanilin solinadi va aralashtiriladi. Keyin sanchqi bilan yaxshilab ezilgan tvorog, suli yormasi, suyuq qaymoq solinib, yana aralashtiriladi. So‘ng ushbu masalliq 20 daqiqa tindiriladi. Unga ta’bga ko‘ra sovuq suvda ivitilgan mayiz ham qo‘shish mumkin.
Tayyor bo‘lgan masalliq sariyog‘ bilan yog‘langan qolipga solinadi va 180S daraja haroratda qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor bo‘lgan pishiriq bo‘laklarga bo‘linib, uning ustidan murabbo yoki quyultirilgan sut quyib dasturxonga tortiladi.
Dilfuza AZIMOVA tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/tvorogli-yormali-pishiriq/