TVOROG

TVOROG (rus.) — sutni sut achitqi bakteriyalar bilan ivitib, zardobini ajratib tayyorlanadigan mahsulot. Qaymogi olingan yoki olinmagan sutdan tayyorlanishga qarab yogʻli (18%), kamyogʻ (9%) va yogʻsiz boʻladi. Qabul qilingan standartga koʻra yogʻli Tvorog tarkibida koʻpi bilan 65% suv, 11% oqsil, 2,4% sut qandi boʻladi, 100 g kaloriyasi 230 kkal (960 kj)ga teng, 1 kg bunday Tvorog uchun yogʻliligi 3,0—3,5% boʻlgan 5,9—6,9 kg sut sarflanadi. Tvorogda sut tarkibidagi foydali moddalar saklanadi. Tvorog oqsilida inson hayoti uchun zarur barcha aminokislotalar bor.

Tvorogni uy sharoitida tayyorlash uchun 3—4 l qaynatilgan iliq sutga 1 stakan qatiq qoʻshib aralashtirib kastryulkaga solinadi (baʼzan pepsin yoki kalsiy glyukonat tuzidan foydalaniladi). Hosil boʻlgan quyqa boʻlaklanadi va kastryulkani suvli togʻoraga solib past alangada isitiladi (qaynab ketmasligi kerak). Quyqa bir xil isishi, zardobi ajralib chiqishi uchun aralashtirib turiladi. Boʻlaklar yuzaga qalqib chiqqach, elak yoki gʻalvir ustiga ikki qavat toza doka solib suziladi. Zardob toza oqib tushgach, sovitiladi va dokaga siqib oʻrab ustiga taxta qoʻyib, yuk bostirib qoʻyiladi. Poʻlat Tursunxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x