TVER

TVER (1931—90 y. larda Kalinin) — RF Tver viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Tverda daryosining Volgaga kuyilish joyidagi dare porti. Tver stansiyasi. Moskvadan 167 km shim. gʻarbda. Aholisi 457,0 ming kishi (1998).

Tver toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar solnomalarda 1164-y. da keltirilgan. 1247-y. dan Tver knyazligining markazi. Rusning iktisodiy siyosiy va madaniy markazlaridan biri. 14-a. ning 1yarmida moʻgʻullarga qarshi harakatning yetakchisi boʻlgan. 1327-y. da shaharda moʻgʻullarga qarshi katta qoʻzgʻolon koʻtarilgan. 1466-y. da tverlik sayyoh Afanasiy Nikitin Hindistonga sayohat qilgan. 1485-y. dan Tver Moskva davlati tarkibida. 1775-y. dan Tver namestnichestvosi, 1796-y. dan gubernyasi markazi. 1941 okt. dek. oylarida nemis fashistlari shaharga jiddiy shikayet yetkazgan.

Tverda mashinasozlik (vagonlar, ekskavatorlar, elektr apparaturasi va b.), yengil (ipgazlama, kamvol ktlari va b.), kimyo (kimyo tolasi, sunʼiy charm mahsulotlari va b. ishlab chiqarish.), poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari bor, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), Z teatr, filarmoniya, muzeylar (tarixiymeʼmoriy va adabiy, Tver turmushi, SaltikovShchedrin va b.), kartinalar galereyasi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan «Belaya Troitsa» cherkovi (1564), Uspeniye sobori (1722), klassitsizm stilidagi turarjoy va jamoat binolarining ansambllari (18—19-a. lar) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x